Get Mystery Box with random crypto!

​IELTS olmoqchi bo'lsangiz, IELTSni o'rgatadigan kitoblarni o' | Yuldoshev's Blog

IELTS olmoqchi bo'lsangiz, IELTSni o'rgatadigan kitoblarni o'qimang, videolarni ko'rmang.

IELTSga tayyorlanishni xohlaysan va birinchi qiladigan ishing, IELTS texnikasini o'rgatadigan kitoblarga yopishish. Kanallarda qatoor-qator zo'r deb maslahat berilgan kitoblarni tortib olasan. Qaysi biridan boshlashni bilmay boshingni qotirasan. YouTubeda qanday qilib listening multiple choice question ishlash sirlarini o'rganasan, reading true/false/not given aniqlashni bilib olasan. Lekin ishlatishga kelganda baribir natijalaring past chiqaveradi. Nega? Axir sen shuncha kitob o'qiding, videolardan texnikani o'rganding-ku? Sen bilimsizligingni anglatadimi bu?

Yo'q. Shunchaki sen qanday qilib tayyorlanishni bilmading, xolos. Bir gala olomon nima qilsa, sen ham shuni qilyapsan. Chunki ular 8.0 olgan-da. Bilmaysan-ki, IELTSga tayyorlanishdan avval ularni fundamenti kuchli bo'lganini, General Englishni o'stirib keyingina IELTSga tayyorlanishganini.

IELTSdan baland ball olmoqchimisan, avvalo General Englishni yaxshila. Bu degani grammatikang, so'z boyliging, listening (IELTSni listeningini ishla demayapman), reading(badiiy kitoblar), speaking, writingni yaxshila. Lekin IELTS usulida harakat qilib o'zingni qiynama. IELTS texnikasini 2 haftada o'rganib olsang bo'ladi agar ingliz tiling kuchli bo'lsa.

Nima qilish kerak? Speaking. Kino ko'r. Yoki serial. Menga serial yoqadi. Faqat ko'rmasdan, yangi so'zlarni yodlab ket. 2-marta yana ko'rib, imitate qil. Har bir gapida pauza qilib, xuddi aktyorlarga o'xshab gaplarni talaffuz qil. Men natijani sezdim. O'zimdagi o'zbekcha talaffuzni yo'qotyapman. O'rtoqlarimga ham sezildi. Speakingni oshiradi bu usul. O'zidan o'zi gaplar quyilib kela boshlaydi senga.

Reading. Kitob o'qi. Badiiy kitoblar. O'zingga yoqqanini. Qiyiin kitob tanlab olma. Lekin qiynalsang, tashlab ham qo'yma. 50%iga tushunsang ham bu normal holat deb qabul qil. Davom etaver. Har bir so'zini tarjima qil, demayman. Yoqqanini tarjima qil. Har bir betdan 10ta so'z chiqsa yetadi. Yodla. Joyida yodla.

Writing. Kundalik tut. Va har kunlik o'ylaringni, ishlaringni, orzularing, maqsadlaringni yozib bor. Qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Kino va kitobdan yodlagan so'zlaringni ishlat. Esingda qoladi. Writing oshishi uchun judayam foydali usul bu. 2 haftaga bormay natija sezasan. Yozganda gaplar quyilib kelishni boshlaydi.

Listening. Qiziqroq podkastlar topib eshitib yur. Ashulani yig'ishtir endi. Podkastdan foyda bor. Tushunmaguningcha qayta-qayta eshitaver. Listeninging qanday qilib yaxshilanganini bilmay qolasan. Ishon. Bajar. Hadeb 40talik test ishlagandan foyda yo'q. Qay darajada o'sish bo'layotganini aniqlash uchun ishlab tur.

Grammar. Grammatikang kuchsizroq bo'lsa, biror kitobdan shug'ullan. Norm bo'lsa, badiiy kitob o'qiyotganda e'tiborli bo'lsang, o'zidan-o'zi yaxshilanadi.

Vocabulary. Kitob va serial/kinodan yodlaysan. Vocabulary kitob olib, bir talay so'zni yodlagandan ko'ra, masalan men uchun contextdan yodlagan osonroq

Serial va podkastlarni darajaga qarab tartiblanganini tashlayman. Kutib turing.

Yours Mari;)

Siz nima deb o'ylaysiz? Fikrlarni kutaman.

@thoughts_different