🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A | Yuragm yig'lar🥀

30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.KARIMOVning tavallud topgan kuni munosabati bilan.

SAVLAT TO‘KIB TURSA QANIYDI

O‘zbekiston atalmish elning,
Tugal bo‘ldi kamu-ko‘stlari.
Yer yuzinda nechalab yuz ming,
Bordir bugun yoru-do‘stlari.

Quchoq ochar qayga borsak ham,
Do‘ppim bordir, choponim butun.
Deyishadi ukam yo akam,
Shukur dilda iymonim butun.

Bir paytlar sha’nimiz ezdi,
Mustamlaka bergan xo‘rliklar.
Gar eslasak dilda aylanar,
Buncha peshonasi sho‘rliklar.

Shu on yurtim keng ayvoniga,
Bir zot uchib, yoniblar chiqdi.
Mustabitning borliq qonuni,
Tuguni yu, ustunin yiqdi.

Bir lahzayam ayamay o‘zni.
Gʻanimlarga tik qadab ko‘zni.
Ilk bor qalbimizda uyg‘otdi,
Mustaqillik degan hur so‘zni.

Boshlanib saodatli damlar.
Dadil qadam tashlab odamlar.
O‘zligimiz nomoyon etdik,
Qoyil qoldi butun olamlar.

Kundan kunga yuksalib bordi,
Istiqlolning istiqbollari.
Yelkasiga kun tegib elning,
To‘kis bo‘ldi baxt iqbollari.

Qaytdi o‘zlik, qadriyatimiz,
Bir birovni hurmat e’zozlar.
Millatimiz ko‘zgusi bo‘lgan,
Qaytdi yurtga bobome’roslar.

Chorak asr ichra Vatanim.
Dilda tog‘day nomus or, sha’nim.
Onajonim, jonajonimdir,
O‘zbekiston Vatanim manim!

Taqdir bir kun hukmini o‘qib,
Egib ketdi elning boshini.
Ular Islom nomin eshitsa,
Tiyolmaydi ko‘zda yoshini.

Boring, so‘rang butun jahonda,
Bobomizni yaxshi taniydi.
O‘tinamiz yurak-yurakdan,
Savlat to‘kib tursa qaniydi.

Saflar tortib borib kelardik,
U dunyoga ko‘prik bo‘lganda.
Ulug‘ yoshni qarshi olardi,
Islom bobom tirik bo‘lganda.

Sezamiz jannatda joylari.
Duodamiz tong ham shomlari.
Biling endi yonma-yon erur,
"Islom", "O‘zbekiston" nomlari.


P.s joyingiz jannatdan bo'lsin bobojon