Get Mystery Box with random crypto!

ZAKOVAT DUNYOSI | ANGREN

Logo of telegram channel zakovatdunyosi — ZAKOVAT DUNYOSI | ANGREN Z
Logo of telegram channel zakovatdunyosi — ZAKOVAT DUNYOSI | ANGREN
Channel address: @zakovatdunyosi
Categories: Education
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 224
Description from channel

"Zakovat Dunyosi" o'quv markazi
📍Manzil: 5/1A dahasi, 4-uy (Bosh ofis)
Kurslarga ro'yxatdan o'tish:
📞 98-314-93-96
📞 70-662-25-25
👩‍💻 @Zakovat_dunyosi_admin
We always make it easy for you.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 3

2021-02-13 06:10:36
42 views03:10
Open / Comment
2021-02-06 01:26:05
#таълим
Ангрен шаҳар
8- умумий ўрта таълим мактаби ва шаҳримиздаги нуфузли ўқув марказларидан биридир.

Мактаб ҳаэдм "Заковат дунёси" ўқув маркази билан ҳамкорликда 10-синф ўқувчилари учун олий ўқув юртларига киришларида тажриба синов тести ташкил қилинди.

Унда ўқувчиларнинг имтиҳонларга тайёргарлик даражаси синовдан ўтказилди.

Ушбу жараёнда мактаб раҳбари Мунира Усманова, ўқув ишлари бўйича директор ўринбосари Абдуманноб Жўраев, инглиз тили фани ўқитувчилари Малика Баишева, Садоқат Шариповалар иштирок этишди.

Шунингдек , ўқув маркази раҳбари Камолиддин Таджибаев ўқувчиларга керакли тавсияларини берди.

Мазкур тест синовлари 3 та фан кесимида (она тили, математика ва инглиз тили) ўтказилди. Ушбу синов тестини ўтказишдан мақсад - ўқувчиларни таълимнинг кейинги босқичига тайёргарлик кўришларига кўмаклашишдир.
110 views22:26
Open / Comment
2021-02-04 12:52:34 Chet tili imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

Ro‘yxatdan o‘tish
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinoviga onlayn ariza berish
Hujjatlarni taqdim etish

Batafsil
: https://telegra.ph/Yoriqnoma-02-02

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
97 views09:52
Open / Comment
2021-02-01 08:42:06 Fevral oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-fevral kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish 5-fevral kuniga qadar (5-fevral kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
@ZakovatDunyosi
33 viewsedited  05:42
Open / Comment
2021-01-26 17:27:02 «Gapirish» ko‘nikmasi bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

2021-yil 19-20-yanvar kunlari chet tillar o‘qituvchilarining oylik maoshlariga ustama haq belgilash test sinovlarining ikkinchi bosqichi, ya’ni «gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur imtihon natijalari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘qituvchilar o‘z natijalarini shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

Amaldagi tartibga ko‘ra, «gapirish» ko‘nikmasi bo‘yicha maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar tegishli ma’lumotnomani 2021-yil 3-fevral kunidan boshlab Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan olishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
114 views14:27
Open / Comment
2021-01-25 19:13:49
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash imtihonlari o‘tkazildi

2021-yil 24-25-yanvar kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Bunda 24-yanvar kuni test sinovlarining yozma qismi, 25-yanvar kuni esa gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Unda ishtirok etishi belgilangan 437 nafar talabgordan 425 nafari ishtirok etdi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida talabgorlar bilan yuzma-yuz gaplashgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, xitoy, yapon, koreys, turk, arab va fors tillaridan A2, B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Kelgusi oylardagi imtihonlar ham yanvar oyida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
104 views16:13
Open / Comment
2021-01-25 09:51:17

95 views06:51
Open / Comment
2021-01-21 09:57:47
#SMM
-Bizni kanalda yangi lar va
-SMM ni bilmaganlar uchun,
Manosi,
SMM atamasi Social Media Marketing so’zlarining bosh harfidan tashkil topgan. Bu soha ijtimoiy tarmoqlarda marketing bilan shug’ullanishni anglatadi. Facebook, instagram, Telegram va boshqa har qanday ijtimoiy tarmoqda sayt, mahsulot yoki xizmatni ommalashtirishga qaratilgan, brendni rivojlantirishga qilingan samiymiy harakatlar SMMga misol bo’lishi mumkin.

Share this information
@ZakovatDunyosi
407 viewsedited  06:57
Open / Comment
2021-01-20 09:07:37 Mantiqiy savol

Bir ajoyib mantiqiy savolga ko'zim tushdi. Sizga ham ulashgim keldi.

Savol:
" 3 ta qutilarning biriga mashina yashirilgan. Har bir qutiga yozilgan yozuvlarga qarab siz mashinani topishingiz kerak (rasmga qarang).
Faqatgina bir qutida yozilgan gap rost.
Mashina qaysi qutida? "

O'z javobingzni komentlarda qoldiring.
Tez orada javobini ham chiqaraman.
Faqat iltimos javobni asoslab yozing!

Ijtimoiy tarmoq
528 viewsedited  06:07
Open / Comment
2021-01-18 16:49:43 Chet tili imtihonlari 24-25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash
bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanasi belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 24-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni esa 25-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://dtm.uz/page/cefr) dan shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

@ZakovatDunyosi
309 viewsedited  13:49
Open / Comment