Get Mystery Box with random crypto!

Kalta o'ylamang. Dasturchilikda (va umuman hamma sohada) bir | Azizbek Olimov | Blog

Kalta o'ylamang.

Dasturchilikda (va umuman hamma sohada) birinchi ishni topish qiyin. Keyingilari xudo xohlasa o'zi sizni topadi.

Shuning uchun kasb tanlashda "1 yildan keyin qayerda bo'laman" deb emas, 3-4 yildan keyin qayerda bo'lishingizni o'ylang. Dasturchilar juda tez ko'tariladi (albatta doimiy o'z ustida ishlash sharti bilan).

Men tanigan, 2-3 yil oldin junior ishlarni qilib yurgan dasturchilar hammasi ko'tarilib ketgan. 1500$ dan kamiga ishlashmaydigan darajaga chiqib olishgan. O'rta tempda ketganingizda ham uzog'i 5 yilda o'zingizni eplab, 1000-2000$ mensimaydigan senior dasturchi bo'lasiz.

Boshqa sohalarda bu qadar tes o'sish kam uchraydi. Ayqnisa quruq jismoniy mehnatda o'sishni o'rniga so'nib borasiz. Bugun kuchingiz ko'pida jozibador ko'ringan ishlar, 5-6 yilda charchatadi. Aqliy mehnat bilan esa faqat o'sib borasiz.

@sariqdev