Get Mystery Box with random crypto!

Blog boshla 1. Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham | Azizbek Olimov | Blog

Blog boshla

1. Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham o’qirdi deb o’ylarsan. Mayli uni faqat bitta odam o’qisin. Kundalik sifatida ishlatarsan balki.

2. Hech kim o’qimasa ham aslida eng ko’p foydasi o’zingga bo’ladi. Yil, oylar o’tib fikrlashing qanday o’zgarganini ko’rasan.

3. O’zgarmasachi? Blog yuritgan har qanday odamniki o’zgaradi. Fikrlarini jamlab yozishni boshlash aqliy o’sishsiz bo’lmaydi.

4. Balki senga qiziq emasdir. Kengroq o’yla. Senga fikrlaring qiziq bo’lmasa — jamoang, oilang, do’stlaring, kelajakda esa farzand va nevaralaringga qiziq.

5. Yoshlikdagi barcha rasmlarimni o’sha yoshdagi 10-15 ta fikrlarim yozilgan qozog’larga tikka almashgan bo’lardim.

6. Otamni 20 yoshligidagi rasmi meni uncha hayratga solmagan. Lekin kundaliklarini bir necha marta o’qidim. Men tug’ilgach yozishni to’xtatgan ekanlar — vaqtlari kamayib ketgan. Har o’qiganimda ko’zimga yosh keladi.

7. O’zingga va atrofdigalarga qiladigan eng katta yaxshiliging ham shu. Rasmlaringni bo’lishishni to’xtat. Fikrlaringni bo’lish.


P.S.
Turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan ko’ra, blog linklarini almashgan avzal. Odamning fikrlari uning rasmidan ko’ra 100 barobar ko’proq ma’lumot beradi.

@azizrakhimov_blog