🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan milliy test t | Bbh

Ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan milliy test tizimi

Ma’lumki, 2020-yil 12-oktabrda Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 646-son qarori qabul qilingan bo‘lib, unda ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi 2020-yil 1-dekabrda joriy etilishi belgilangan.

Shuningdek mazkur qarorda:

test sinovlarini tashkil etish Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilishi.

test topshiriqlari esa Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilishi ko‘rsatilgan.

Shu maqsadda 2020-yil 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar ona tili va adabiyot hamda matematika fanlari bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar Davlat test markazi tomonidan onlayn ro‘yxatga olindi.

Hozirda Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan test topshiriqlari shakllantirilmoqda.

Test topshiriqlari shakllantirilib, Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng, test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilanadi va talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Abituriyents | Rasmiy Xabarlar kanali
@abituriyents