Get Mystery Box with random crypto!

ESKI YANGILIKLARGA ISHONMANG! Shu kunlarda Telegram guruhlari | Bbh

ESKI YANGILIKLARGA ISHONMANG!

Shu kunlarda Telegram guruhlari o'tgan yili mening kanalimda e'lon qilingan eski xabarlarni qayta efirga uzatmoqdalar.

Birinchisi, 16-martdan boshlab karantinni elon qilinishi haqidagi ovozli habar (t.me/xushnudbek/4618). Bu 2020 yil 15 martdagi xabar edi.

Bu yil karantin qayta tiklanishi haqida habarlar yoq (Xudo ko'rsatmasin).

***

Ikkinchisi, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston singari qo'shni davlatlarning barcha talabalariga imtihonsiz o'qishini ko'chirishga ruxsat berilganligi va hujjatlar 7 fevraldan 15 fevralgacha qabul qilinishi haqida xabarlar mavjud. Bu ham o'tgan yilgi xabar (t.me/xushnudbek/4373).

Bu yil qo'shni mamlakatlardan imtihonsiz o'qishini ko'chirishga ruxsat berish to'g'risida hech qanday qaror yo'q. Ko'chirishni istaganlar iyul-avgust oylarida ariza topshirishlari va maxsus imtihondan o'tishlari mumkin.

Iltimos, har qanday mish-mishlarga ishonmang,hech bo'lmaganda bir marta tekshirishni o'rganing.



manba:@xushnudbek

Abituriyents | Rasmiy Xabarlar kanali
@abituriyents