🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti? 2 | Bbh

​​Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

2021 yilda O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriatiga 1,6 million abituriyent hujjat topshirishi taxmin qilinmoqda. DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.

Davlat test markazi Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev xpress.uz'ga bergan intervyusida OTMlar bakalavriatiga kirish imtihonlari yuzasidan qator savollarga javob berdi.

Bu yil 5ta fandan imtihon olish rejalashtirilmoqda
Bu yil kirish imtihonlari 5ta fandan o‘tkaziladi. Prezident qarorida kirish imtihonlari 2ta mutaxassislik va 3ta majburiy fanlardan o‘tkazilishi belgilangan.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti hisobga olinib, istisno tariqasida imtihonlar 2ta fanga qisqartirilgan edi.

Tanlov imkoni cheklanmasligi mumkin
DTM yuqori tashkilotlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning istalgancha ta'lim yo‘nalishlarini tanlash imkonini berish to‘g‘risida taklif kiritgan. Agar taklif qabul qilinsa, abituriyentlar oldingi yilgidek 5ta yo‘nalishni emas, o‘z fanlariga mos 20 yoki 25ta yo‘nalishni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Hozir yo‘nalishlar cheklangani uchun yuqori ball to‘playdigan abituriyentlarning imkoniyati ba'zida cheklanishi mumkin. Tanlov cheklanmaydigan bo‘lsa, bilimli yoshlarning talaba bo‘lish imkoni yana oshadi.

Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi
Kirish imtihonlarida mantiqiy savollar soni ko‘paytiriladi. Hozirgacha shu turdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham o‘tkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda ko‘p bo‘ladi.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti bo‘lgani uchun abituriyentlarning imkoniyatlari hisobga olinib, to‘rtinchi qiyinlik darajasidagi savollar olib tashlangan edi. Bu yil unday bo‘lmaydi. To‘rtinchi qiyinlik darajasi o‘rniga mantiqiy savollar tuziladi.

Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi
Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.

Abituriyentda 2ta tanlov bo‘ladi: xohlasa, sertifikat olishda yig‘gan ball foiziga qarab tegishli ballga ega bo‘lishi yoki sertifikati bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra imtihonda test ishlab ball to‘plashi mumkin.

Demak, bu yilgi kirish imtihonlarigacha 5ta fandan: matematika, ona tili, kimyo, biologiya va ingliz tilidan sertifikat olib, oldindan ballga ega bo‘lish mumkin.

Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin
DTM imtihonlarni ochiq havoda o‘tkazish variantini ham, yopiq binolarda o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Imtihon vaqti mavjud epidemiologik vaziyat hisobga olinadi va agar vaziyat taqazo qilsa, imtihonlar ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.

@Abituriyents | axborot portali rasmiy sahifasi
https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ