🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Yangi oʻquv yilida Oʻzbekiston tibbiy OTMlarida 10 ming xori | Bbh

​​Yangi oʻquv yilida Oʻzbekiston tibbiy OTMlarida 10 ming xorijlik tahsil oladi

Oʻzbekistonda tibbiyot sohasi uchun 9 ta oliy taʼlim muassasasi va ularning 2 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirda yurtimiz tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida 16 ta mamlakatdan 1500 nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda.

Yurtimizda qisqa vaqt ichida bakalavriat va magistratura bosqichlari qabul kvotalari 25 foizga, klinik ordinatura kvotalari esa 30 foizga oshirildi. 6 ta yangi taʼlim yoʻnalishi, 17 ta yangi mutaxassislik tashkil etildi.
SSV xabariga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi, ikki tomonlama diplom berish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Rossiyaning 17 ta, Italiyaning 2 ta, Koreya Respublikasining 2 ta oliy taʼlim muassasasi, shuningdek, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy va Hindiston oliy taʼlim muassasalari bilan shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

2021-2022 oʻquv yilida Oʻzbekistonda 50 dan ortiq davlatdan 10 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar tahsil olishi kutilmoqda.

@Abituriyents | Rasmiy xabarlar kanali