Get Mystery Box with random crypto!

Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash mezonlariga bag‘ishla | Bbh

Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash mezonlariga bag‘ishlangan amaliy seminar

2021-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida Davlat test markazi mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkaziladi.

Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash mezonlariga bag‘ishlangan amaliy seminar quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

yozish va gapirish ko‘nikmasini to‘g‘ri baholash;
turli baholash mezonlaridan to‘g‘ri foydalanish;
baholashning ishonchliligini ta’minlash.

Mazkur seminar ingliz tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ishtirok etish istagini bildirgan barcha o‘qituvchilar qatnashishlari mumkin.

Seminar 19-fevral kuni 10:00 da Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Seminarda qatnashish uchun havola: https://us02web.zoom.us/j/85286420501?pwd=M0JKRDUvRlVwTGZHM1dzTldkbnl0dz09

Konferensiya IDsi: 852 8642 0501
Parol: 483913

t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar