Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan o‘qishni ko‘chirayotganlar uchun qulaylik Talabala | Bbh

Xorijdan o‘qishni ko‘chirayotganlar uchun qulaylik

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 87 486 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ularning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

@abituriyents