Get Mystery Box with random crypto!

​​2019 yilning noyabrida 'Akademnashr'da ish boshlagandim. Hal | «Аkademnashr» nashriyoti

​​2019 yilning noyabrida "Akademnashr"da ish boshlagandim. Hali noshirlikda hech vaqoni bilmayman, sohani "kitob o‘qish"gina, deb biladigan odamga Sanjar aka hech ikkilanmay ishonch bildirgandilar. Aytilgan maosh ham men uchun o‘sha paytlari katta summa edi...

Noyabr oxiriga borib ikkinchi ishonch bildirildi. Qo‘limga Adib Xolidning "O‘zbekiston tavalludi..." kitobining tarjimasini berib, shuni asliyati bilan solishtirib, tahrirlang, tarjimon bilan ham bamaslahat ish ko‘ravering, dedilar.

Rosti, avval bunday katta ko‘lamdagi ish olmagan, tahrirni nimadan boshlashni ham bilmasdim. Keyin sekin-sekin hammasi iziga tushib, jo‘nashib ketdi. "O‘zbekiston tavalludi..." menga qator ilmlarning eshigini ochib berdi sal o‘tib. Nashriyotda "tavallud topishim"ga hissa qo‘shgandi))

Eng avval ilmiy asar qanday yozilishi, dalillar bilan ishlash, fakt-cheking, soxta matn, manbani aslidan ajratish, xronologiyani qanday shakllantirish va eng muhimi, noshirlik amalda qanday bo‘lishini o‘zimga bildirmay o‘rgatib qo‘yaverardi. Kitob tarbiyalasa, shunchalikdir-da))

Tahrirni tugatganimda alohida haq ham berildi. Mukofotlanganim uchinchi ishonch bo‘ldi.

Shunda "Akademnashr"da ishonch hammasidan ustunligini tushungandim. Bilaman, tahririmdan o‘zimning ham ko‘nglim to‘lmagan. Mendan keyin yana ikki muharrir ham ko‘rib chiqqan bu kitobni. Lekin sening no‘noqligingni hali endi boshlovchi-da, deya ko‘z yumib, xatolaringni bilmaganga olib, tag‘in ishonch bildirilgani, bilmasam, hamma rahbarniyam qo‘lidan kelavermasa kerak... (Bu davlat pulini tuya qiladigan tashkilot emas, xususiy, o‘z pullarini boricha ishiga tikkan, foyda-ziyoni ham faqat o‘ziga tegishli rahbarning bag‘rikengligi)

Bularni kimnidir alqash yoki zo‘r odamsiz-da, deyish uchun yozmadim. Shunchaki, odamlar orasida ishonch kamayayotgani achinarli ekanini shu palla yozgim keldi, xolos.

Ishonch uchun rahmat)

Charos Nizomiddinova

Telegram | Instagram | Facebook