Get Mystery Box with random crypto!

SUPER ELEKTRIK Zamon tezkor va shiddatli. U insondan hayotnin | «Аkademnashr» nashriyoti

SUPER ELEKTRIK

Zamon tezkor va shiddatli. U insondan hayotning turfa sinovlariga tayyor turishni talab qiladi. Bugun erinchoqlik qilib nimanidir oʻrganmasangiz, hayotdan orqada qolib ketishingiz mumkin.

Kitobda barcha zamonaviy kashfiyotlarning asosi boʻlmish elektr toki, elektr jihozlar, texnika va texnologiyalar, elektr bilan ishlashda amal qilinishi kerak boʻlgan xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Mazkur qo‘llanma «Dastlabki tushunchalar», «O‘tkazgichlar olami», «Elektr jihozlar», «Elektr va xavfsizlik», «Maishiy texnika», «Bilimlar ombori», «Elektron sxemalar», «Layfxak» kabi bo‘limlardan tashkil topgan.

Har bir mavzu tushunarli bo‘lishi uchun surat, grafik va chizmalar bilan boyitilgan.

Fan-texnika olamiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.

Muallif: Adham Ahmedjanov
Hajmi: 392 bet; yumshoq muqova, A4
Narxi: 75 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook