Get Mystery Box with random crypto!

Qalam sotuvchi Viktor Gyugo Prussiyaga yo‘l oladi. Chegarada: | «Аkademnashr» nashriyoti

Qalam sotuvchi

Viktor Gyugo Prussiyaga yo‘l oladi. Chegarada:

– Nima bilan shug‘ullanasiz? – deb so‘raydi anketa to‘ldirayotgan jandarm.

– Yozaman, – deb javob beradi adib.

– Tirikchiligingiz nimadan, deb so‘rayapman, – deydi nazoratchi tushuntirgan bo‘lib.

– Qalamdan, – deb qo‘ya qoladi Gyugo.

– Ha, unday bo‘lsa, – deb yengil tortadi jandarm, – “kasbi” degan joyga “qalam sotuvchi” deb yozib qo‘yamiz.

Orif Tolib tarjimasi

Telegram | Instagram | Facebook