Get Mystery Box with random crypto!

«KITOB BANDASI» bugundan sotuvda! Hali inson qalbida go'zalli | «Аkademnashr» nashriyoti

«KITOB BANDASI» bugundan sotuvda!

Hali inson qalbida go'zallikka boʻlgan intilish so'nmagan ekan, u san'atga hamisha ehtiyoj sezaveradi. Faqat itlar yoki hayvonlargina san'atni tushunmaydi, unga befarq bo'ladi.

Odam hamisha o'zidan mukammalroq narsaga intiladi. San'at esa hozircha insonga qaraganda mukammalroq, unga ehtiyoj sezish ana shu mukammallikka intilish deganidir. Agar siz aytayotgan «junun» xayol ma'nosida boʻlsa, toʻgʻri, adabiyot - xayolot dunyosi. Quruvchi g'ishtdan uy quradi, yozuvchi xayoldan dunyo yaratadi.

Dard, og'riq, musibat, iztirob, bilim - ana shu xayolning mustahkam tirgaklari. Ulardan birontasini sug'urib olsangiz, adabiyot ag'darilib tushadi. Iste'dod ham, asli, xayol bilan hayotni omixtalashtirish, bir-biriga yaqinlashtirish va bu ikkisidan yangi dunyo yarata olish mahoratidir.

NAZAR ESHONQUL: «KITOB BANDASI»

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook