Get Mystery Box with random crypto!

#viktorina To‘g‘ri javob: realizm, modernizm, postmodernizm | «Аkademnashr» nashriyoti

#viktorina

To‘g‘ri javob: realizm, modernizm, postmodernizm

Manba: «Kitob bandasi», Nazar Eshonqul

Matnni to‘liq holda o‘qishingiz mumkin:

***

Realizm, modernizm, postmodernizm. Ularni qanday farqlash, mohiyatini anglash mumkin? Menimcha, juda oson.

Realist ijodkor fotografga, modernist musavvirga, postmodernchi montajchiga o'xshaydi.

Yaxshi fotografiya ham san'at, usta fotograf undan ham san'at asari yarata oladi, bunga san'at tarixi ko'p marta guvoh bo'lgan, lekin u voqelikka to'liq bo'ysunadi, ko'z oldidagini aks ettiradi.

Musavvir esa voqelikni o'ziniki qiladi, voqelikni xohish-irodasi, didi, tasavvuri va tafakkuriga bo'ysundiradi, U voqelikni o'zi istaganday yaratadi va taqdim qiladi.

Postmodernchi esa bugungi texnik imkoniyatlarini namoyish qilish uchun voqelikni zamonaviy texnik, fikriy, ma'naviy, moddiy effektlar bilan montaj qiladi.

P/S: Bugungi viktorinada to‘g‘ri javob topilmadi.

@akademnashr