Get Mystery Box with random crypto!

​​#foydali «Kutish» rejimining zararlari Kompyuter, televi | «Аkademnashr» nashriyoti

​​#foydali

«Kutish» rejimining zararlari

Kompyuter, televizor kabi jihozlarni kutish rejimida qoldirib elektr quvvatini ortiqcha sarf qilasiz. Kompyuterdan bir muddat uzoqlashdingizmi, monitor va karnaylarini o'chirib qo'yish mumkin.

Mobil telefon toʻliq zaryadlanib boʻlgach, uni sugʻurib qoʻying. Quvvatlaydigan qurilmaning o'zini ham sug'urishni unutmang, quvvat bermagan holatda ham, sug'urib qo'yilmasa, iste'mol qilishda davom etadi, juda kam boʻlsa ham.

«Aqlli uy» tizimini qo'llang

Harakat datchiklari, aqlli lampalar, Wi-Fi rozetka, quyosh batareyali yoritkichlar, fotorele va «Aqlli uy» tizimiga kiruvchi boshqa qurilmalar elektr quvvatni samarali tejash imkonini beradi.

Tizimning mohiyati shundaki, yoritish, isitish va elektr quvvat bilan ta'minlash tashvishi maxsus dasturlar yordamida boshqariladi. Elektr jihozlarning, yoritish, istish tizimining ishlash jadvali avvaldan kiritiladi, natijada jihozlar faqat kerak boʻlgan paytdagina, siz uyda boʻlganda (yoki kelishingizdan biroz avval) ishga tushadi.

SUPER ELEKTRIK