Get Mystery Box with random crypto!

SEN BIR Jaylon bo‘lsang, men esa ovchi, Ovlasam cho‘llarda so | «Аkademnashr» nashriyoti

SEN BIR

Jaylon bo‘lsang, men esa ovchi,
Ovlasam cho‘llarda soz ila seni.
Topilmas malhami, yo‘qdir iloji,
Ursam, yaralasam so‘z ila seni.

Kerilma, sevgilim, go‘zalim, deyin,
Bog‘lama qaroni qizilni kiyin,
Ovchi cho‘pon bo‘lsam, sen g‘izol kiyik,
Boqsam qo‘llarimda tuz ila seni.

Ohu bo‘lsang, o‘tlatardim yaylovda,
Bir tukingni yuldirmasdim birovga,
Baliq esang, tuzoq bo‘lsam daryoda,
Tushirsam to‘rimga bir pasda seni.

Vaysal der ismingni qo‘ymam tilimdan,
Ayri tushdim vatanimdan, elimdan,
Qush bo‘lsang-da, qutulmasding qo‘limdan,
Agar ko‘rsam edi ko‘z ila seni.

Oshiq Vaysal

TURK SHE'RIYATI ANTOLOGIYASI

Xarid
: t.me/akademsavdo

@akademnashr | #nazm

Instagram | Facebook | Twitter