2021-08-15 10:44:59
Listeningdagi "Tuzoq"lar
Kutilmagan burulish
Hech e'tibor berganmisiz, avvaliga audioda biror nima haqida gapirilib to'satdan boshqa narsa aytiladi. Bu sizni tuzoqqa tushurish uchun. Bunda ko'pincha "
Last word counts -
oxirgi aytilgan so'z to'g'ri" qoidasiga amal qilinadi. Misol uchun, speaker shunday deydi: "Well, we can meet on
Friday. Oh, sorry, I guess I'll be busy that day, let's meet on "
Sunday". Bu yerda "
Friday" tuzoq, oxirgi aytilgan so'z "
SUNDAY" esa to'g'ri javob.
Umumlashtiruvchi so'z
Bunda speaker avvaliga bir nechta javoblarni aytadi, oxirida esa ularni bir so'z bilan umumiylashtiradi. Masalan: "Well, I like to
swim,
hike, and
camp – to be involved in
outdoor activities.” Agar savol "
What kind of activities ..." bo'lsa bunda "swimming", "hiking, "camping" so'zlari garchan to'g'ri bo'lsa ham, siz ularni umumiylashtiruvchi so'z ya'ni "
OUTDOOR" so'zini javob sifatida olishingiz kerak.
Istisno so'z
Audioda shunday deyiladi: "This course is a must for all first year students,
excluding foreign students”. Savol esa quyidagicha: "
All the first year studdents have to take this course". Siz bunda
FALSE degan javobni olishingiz kerak, chunki "
foreign students" uchun kurs majburiy emas, bu istisno so'z.
@britishcouncilofficial
3.8K views07:44