Get Mystery Box with random crypto!

Listeningdagi 'Tuzoq'lar Kutilmagan burulish Hech e'tibor be | British Council | IELTS™

Listeningdagi "Tuzoq"lar

Kutilmagan burulish
Hech e'tibor berganmisiz, avvaliga audioda biror nima haqida gapirilib to'satdan boshqa narsa aytiladi. Bu sizni tuzoqqa tushurish uchun. Bunda ko'pincha "Last word counts - oxirgi aytilgan so'z to'g'ri" qoidasiga amal qilinadi. Misol uchun, speaker shunday deydi: "Well, we can meet on Friday. Oh, sorry, I guess I'll be busy that day, let's meet on "Sunday". Bu yerda "Friday" tuzoq, oxirgi aytilgan so'z "SUNDAY" esa to'g'ri javob.

Umumlashtiruvchi so'z
Bunda speaker avvaliga bir nechta javoblarni aytadi, oxirida esa ularni bir so'z bilan umumiylashtiradi. Masalan: "Well, I like to swim, hike, and camp – to be involved in outdoor activities.” Agar savol "What kind of activities ..." bo'lsa bunda "swimming", "hiking, "camping" so'zlari garchan to'g'ri bo'lsa ham, siz ularni umumiylashtiruvchi so'z ya'ni "OUTDOOR" so'zini javob sifatida olishingiz kerak.

Istisno so'z
Audioda shunday deyiladi: "This course is a must for all first year students, excluding foreign students”. Savol esa quyidagicha: "All the first year studdents have to take this course". Siz bunda FALSE degan javobni olishingiz kerak, chunki "foreign students" uchun kurs majburiy emas, bu istisno so'z.

@britishcouncilofficial