Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli ota – onalar, Siz va sizning oila a’zolaringiz so | The British School of Tashkent

Hurmatli ota – onalar,

Siz va sizning oila a’zolaringiz sog’-salomat degan umiddamiz. Biz uchun o’quvchilarimizga yaxshi ta’lim sharoitini yaratib berish va mukammal darajada ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib berish eng asosiy maqsad hisoblanadi. O’quvchilarimizning xorijiy imtihonlari javoblari va tabiiy fanlar hamda matematika bo’yicha erishgan yutuqlari o’qituvchilarimizning ularga mukammal darajada ta’lim berish maqsadida faoliyat yuritayotganlaridan dalolat beradi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, o’quvchilarimizga eng yaxshi bilim berish maqsadida biz qator takomillashtirish ishlarini, o’zgarishlarni amalga oshirdik.

Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, maktabimizda birinchi va ikkinchi trimestrlar uchun ta’lim puli bo`yicha qarzdorligi mavjud ota-onalar bor. Farzandlaringizga mukammal va uzluksiz ta’lim berish maqsadida ularga darslarga kelishga ruhsat berdik. Ammo shuni ta’kidlab o`tishimiz lozimki, agar to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirmasangiz, farzandlaringizni o`quv muassasamizda ta’lim olishlarini cheklashga majbur bo`lamiz.

Birinchi va ikkinchi trimestrlar uchun ta’lim puli bo`yicha qarzdorligi bo`lgan ota-onalar farzandlaringizni uzluksiz ta’lim olishlarini ta’minlab berish uchun o`z qarzdorliklaringizni joriy yilning 5-fevraligacha yopishingizni so`raymiz.
Ushbu masalada sizlardan ijobiy yondashuvni kutib qolamiz hamda doimiy yordamingiz uchun minnatdormiz.

Barcha kerakli ma’lumotlarni olish uchun hamda kerakli choralarni amalga oshirish uchun maktabimiz moliya bo`limi bilan bog`lanishingizni so`raymiz.

Ushbu xat faqat qarzdorligi mavjud ota-onalar e’tiboriga havola etiladi.

Hurmat ila,

Doktor Andre Nel.