Get Mystery Box with random crypto!

Cambridge Exams

Logo of telegram channel cambridgeexams — Cambridge Exams C
Logo of telegram channel cambridgeexams — Cambridge Exams
Channel address: @cambridgeexams
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 147
Description from channel

The official Telegram channel of Authorized Cambridge Exam Centre of Cambridge English Assessments in Uzbekistan.
16 Afrosiyob Street
998 99 889 8670

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages

2021-05-29 06:54:19
CEFR darajalari

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages
– butun Yevropa bo’ylab foydalaniladigan tilni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga olgan tizim.

CEFR tizimida o'rganuvchilarning til bilish darajasi uchta: A, B va C guruhlarga ajratilgan holda baholanadi.

A1 va A2 – tilni endi o’rganayotgan, boshlang’ich bosqichdagi o'rganuvchilar uchun beriladigan daraja;
B1 va B2 – tildan erkin foydalana oladigan, o’rtachadan yuqori darajadagi o'rganuvchilar uchun beriladigan daraja;
C1 va C2 – tilni mukammal darajada biladigan o'rganuvchilar darajasini bildiradi.

Har bir CEFR darajasida tildan foydalanishda ishtirok etadigan uchta asosiy ko'nikma mavjud: tushunish (tinglash va o'qish), nutq (nutqda o'zaro ta'sir va ifoda ) va yozish kabilarni o'z ichiga oladi.

@cambridgeengish
311 views03:54
Open / Comment
2021-05-13 14:00:14
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Cambridge Assessment English jamoasi
barchani kirib kelgan Iyd al-Fitr bilan muborakbod etadi!

Muborak Ramazon oyida qilgan amallaringiz ajrini, duolaringiz qabulini, ezgu niyatlar ro'yobini tilab qolamiz. Sizga va oila a'zolaringizga mustahkam sog'lik va ikki dunyo saodatini bersin!

Ilm olishda, ulashishda, kasbimizga bo'lgan muhabbatimizga xayrlar bersin!

@cambridgeengish
293 views11:00
Open / Comment
2021-05-12 08:01:01 ​​CEFR sertifikatining afzalliklari nimada?

The Common European Framework of Reference for Languages (CEFR)
- bu til qobiliyatini tavsiflovchi xalqaro standart. CEFR imtihon topshiruvchining til bilish qobiliyatini olti balli tizimda: boshlang'ich daraja A1 dan, tilni mukammal biladiganlar uchun C2 ga qadar baholab beradi.

Xo'sh, CEFR sertifikatiga ega bo'lishning qanday afzalliklari bor?

- Cambridge Assesment English CEFR sertifikatiga ega bo'lsangiz, sizda O'zbekistondagi istalgan universitetga kirish imtihonlarida ingliz tili bandidan 100% lik ball beriladi;

-Dunyo bo'ylab nufuzli tashkilotlar va universitetlar tomonidan tan olingan sertifikat, orzuyingizdagi Oliy ta'lim muassasasi eshiklarini ochib beradi;

-CEFR sertifikatiga ega bo'lgach, uni har ikki yilda qayta topshirishingiz shart emas. Universitetga kirish uchun qo'lga kiritgan sertifikatingizdan ishga joylashish uchun ham foydalanish imkoniyati mavjud

- CEFR sertifikatiga ega o'qituvchilar maoshiga esa ustama qo'shiladi. Ham o'z ustingizda ishlab malaka oshirasiz, ham qo'shimcha daromadga ega bo'lasiz!

Unutmang, eng yaxshi investitsiya - bu shaxsiy rivojlanish va kelajakka qilinganidir!

@cambridgeengish
272 views05:01
Open / Comment
2021-05-05 07:34:52 ​​Ingliz tilida bilim darajangizni bilishni istaysizmi?

Ko
'p hollarda, butun kuch va energiyamizni yangi soha va bilimlarni o'rganishga sarflaymiz-u, qay darajada o'sish bor, aniq akademik darajaning qaysi bosqichini zabt etganimizni bila olmaymiz. Aniqrog'i aniq va ishonchli manbaga murojaat qilish muammosi turadi oldimizda! Ayniqsa, til o'rganayotgan "lingvoman" lar uchun, shunday emasmi?

Xavotir olmang, muammoning yechimi bizda! Cambridge Assestments English' rasmiy saytining test bo'limiga kirib, bilimingizni turli darajadagi sinovlar orqali tekshirish imkoniyatingiz bor.

Barcha testlar "akademic english" talablari asosida tuzilgan bo'lib, sizga ishonchli natijani chiqarib berishiga shubha yo'q!

Hoziroq sinovdan o'tib, natijalar bilan bo'lishishingiz mumkin. Ishonamizki, bugun aynan siz eng yuqori ko'rsatgichni ko'rsatasiz!

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
99 889 86 70

@cambridgeengish
264 views04:34
Open / Comment
2021-05-01 11:33:56 ​​Cambridge imtihonlariga qanday tayyorlanish lozim?

Cambridge Assessments English' da imtihon topshirmoqchimisiz? Imtihonga tayyorgarlik jarayonini ham unumli, ham foydali va yuqori natijalarga olib boradigan uslubda amalga oshirmoqchi bo'lsangiz, quyidagi xabar aynan siz uchun!

Cambridge English' saytida 4 ta guruhga bo'lingan:

-General English' (umumiy Ingliz tili)
- for Schools (maktab o'quvchilari uchun ingliz tili)
- Businees English (tadbirkorlar uchun )
-Young Learners' (yosh o'quvchilar uchun) maxsus ixtisoslashtirilgan testlarida turli kategoriyadagi maxus mashqlar va test sinov
kichik yoshdagi bolalardan kattalargacha moslashtirilgan maxsus sinovlar tuzilgan bo'lib,

O'z ustingizda ishlashni istasangiz, mashg'ulotlardan foydalanishni hozirdanoq boshlashingiz kerak! Eng qulay tomoni, tizimga kirish uchun ro'yxatdan o'tish shart emas va hamma mashg'ulotlar mutlaqo bepul.

@cambridgeexams
251 viewsedited  08:33
Open / Comment
2021-04-29 07:00:19 ​​Xalqaro imtihonlardan yuqori ball to’plagan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab beriladi

2021-yil 13-aprel
da O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 209-sonli qaroriga muvofiq, “Xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha yuqori ball (daraja) to’plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to’liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti” qabul qilindi.

Qarorda ta’kidlangan 5 ta xalqaro imtihon tizimi boʻyicha ko'rsatilgan ball/darajaga erishgan nomzodlarning xarajatlari 2021-yil 1-maydan boshlab kompensatsiya qilinadi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boshlab kompensatsiya qilinadi (toʻlab beriladi) 13 ta xalqaro imtihon turlari orasida Cambridge Assessment English’ imtihonlari ham qayd etilgan. Cambridge exam'dan kamida C1 darajani ko’rsatgan imtihon topshiruvchilarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi.

Murojaat uchun: 998898670

@cambridgeexams
231 views04:00
Open / Comment
2021-04-18 15:30:40 ​​Cambridge Exams' turlari

Dunyoning ko’plab nufuzli kompaniyalari, tashkilotlar va universitetlariga o'qishga yoki ishga qabul jarayonida ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat asosiy ahamiyat kasb etadi.
Endi nomzodlarda shu imtihonlarni topshirish uchun tanlov qilish zarurati tug'iladi. Cambridge Exams'ga imtihon topshirish uchun keladigan examinee'lar ham Cambridge Assesment English' da qanday imtihon turlari borligi haqida savollar berishadi.

Har yili 5,5 milliondan ortiq
kishi Cambridge Assesment English malaka imtihonlari va test sinovlarini topshiradi. Shuningdek, 130 ta mamlakat bo'ylab, 2800 dan ortiq imtihon markazlariga ega. Dunyo bo'ylab 50 mingdan ziyod o'quv markazlari o'quvchilarni ushbu imtihonlarni topshirishga tayyorlamoqda.

Ingliz tilini o'rganuvchilar va o'qituvchilar uchun dunyodagi yetakchi kvalifikatsiya imtihonlari va testlarni taqdim etadi. Ular:

- Cambridge English Qualifications;
- Linguaskill;
- IELTS;
- Cambridge English Teaching kabilardir.

Batafsil havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek bizning jamoamiz har qanday savollaringizga javob berishga tayyor!

Murojaat uchun: 998898670

@cambridgeexams
265 views12:30
Open / Comment
2021-04-16 06:30:05 ​​Cambridge University loyihalari

Cambridge universiteti
nafaqat ta'lim beradigan universitet, balki bir qancha xalqaro loyihalarga asos solgan tashkilot hamdir. Xo'sh Cambridge Universiteti tashkil etgan loyihalardan xabaringiz bormi?

Yo'q deysizmi? Hechqisi yo'q, unda hozir bilib olishingiz mumkin!

Cambridge University Press- 1934 yilda tashkil topgan va Cambridge universitetining bir qismi hisoblanadi.
Press ya'ni Matbuot hokimiyati 1698-yildan "Syndics" (dastlab Kuratorlar nomi bilan tanilgan) Kembrij universitetining 18 ta senior a'zolari, shuningdek, davlat boshqaruvi va biznes tajribasiga ega bir qancha mutaxassislar tomonidan boshqarilib kelmoqda.

Cambridge University Press's bookshop

Orangizda "bookoholic"lar ko'p bo'lsa kerak. Sizlar uchun yana bir xushxabar- Cambridge University Press o'z kitob do'koniga ham ega bo'lib, Cambridge University bookshop' da nashrdan chiqqan noyob kitoblarni topishingiz mumkin.

Cambridge Assessment English

Cambridge University
tarkibidagi yana bir loyiha, Cambridge Assessment English bo'lib, millionlab insonlarga ingliz tilidagi bilim va ko'nikmalarini oshirishda yordam beradi. 1913-yildan beri, dunyo aholisining ingliz tilidagi bilimlarini baholash uchun maxsus ishlab chiqilgan sinovlarni o'tkazadi.

@cambridgeexams
228 views03:30
Open / Comment
2021-04-09 14:30:06 ​​​​ Cambridge sizga nima beradi?

Ingliz tilini o’rganar ekansiz, bu jarayon imtihonlarsiz o’tmaydi to’g’rimi? Butun dunyo bo’ylab 25 000 dan ortiq universitetlar, ish taklif etuvchi kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingani uchungina Cambridge English Qualifications’dan o’tishim lozim ekan deb o’ylayotgan bo’lsangiz, shoshilmang!

Xo’sh Cambridge sizga nima beradi?

Avvalambor, imtihon topshiruvchilarning asosiy qismi abiturientlar yoki chet elda tahsil olish orzusi bor yoshlar. Shunday ekan, Cambridge sizga davlat va xalqaro darajadagi nufuzli Oliy ta’lim muassasalariga kirish eshiklarini ochadi.

Cambridge English Qualifications ingliz tili bo’yicha chuqurlashtirilgan imtihon dasturi bo’lib, unga tayyorlanish davri til o’rganishni yoqimli, foydali va samarador jarayonga aylantiradi.

Xalqaro darajadagi universitetlarga kirmoqchi bo'lsangiz, imtihonga tayyorlanish jarayonida, jahon miqyosidagi o’zingiz tengi yoshlar bilan muloqotga kirishish, konferensiyalarda ishtirok etish, bilim va tajriba almashish imkoniyatini qo’lga kiritasiz. Kuni kelib, bu insonlar ham sizga o’xshab bir kasbning yetuk mutaxassislari bo’lib yetishadi.

Kadr sifatida ham malakangizni oshirib, akademik va professional muhitda “survive” emas, “success” qilishingizda yordam beradi. Xorijiy tilni yuqori darajada bilgan xodim qaysi tashkilotga kerak emas deysiz?

Chet tilini bilishingiz o’z-o’zidan turli manbalardan foydalanish imkoniyatingizni ham kengaytiradi. Tanlagan sohangiz doirasida eng raqobatbardosh kadrlardan biriga aylanasiz!

Karyera o’z yo’liga, ammo dunyoga tor nazar bilan emas, keng insoniylik rakursida nazar tashlash uchun shaxsiy rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Faqat motivatsion kitoblar buning uchun yetarli emasligini allaqachon anglab yetgansiz, axir.

Maqsadlaringiz va ambitsiyalaringiz dunyodagi minglab aholidan qanchalik farq etmasin, bu yo'lni birga bosib o’tishda Cambridge eng ishonchli hamrohingizdir!

@cambridgeexams
269 viewsedited  11:30
Open / Comment
2021-02-18 06:12:50
Ingliz tili o’qituvchilari test topshirdilar.

@hududtv
467 views03:12
Open / Comment