🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Cambridge English Assessment endi Samarqand shahrida Dunyo | Cambridge Exams

​​Cambridge English Assessment endi Samarqand shahrida

Dunyo bo’ylab katta mavqega ega bo’lgan Cambridge English Assessments endi Samarqand shahrida. Yangi yilning yanvar oyida hamyurtlarimiz uchun Samarqand shahrida CEFR B1 imtihoni tashkil etiladi.

CEFR B1 sertifikatini qo’lga kiritgan inson:

• ish, maktab yoki dam olish bilan bog'liq mavzularda muntazam ravishda uchraydigan masalalar bo'yicha asosiy fikrlarini tushunishi mumkin bo’lgan
• sayohat qilishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni bartaraf eta oladigan
• tajriba va hodisalarni, orzu va umidlarni, shuningdek fikrlar yoki rejalarni qisqacha tasvirlab bera oladigan shaxs sifatida tan olinadi.

Qolaversa, ushbu sertifikatni qo'lga kiritganlar yurtimizdagi OTM bakalavriatining kirish imtihonlaridagi chet tili fanidan ozod etiladi va maksimal ball taqdim etiladi.

Shu munosabat bilan, 23-yanvar kuni Samarqand shahrida CEFR B1 Level imtihoni tashkil etiladi. Quyidagi link orqali onlayn ro’yxatdan o’tishingiz mumkin

Onlayn ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | Facebook