Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ Cambridge sizga nima beradi? Ingliz tilini o’rganar eka | Cambridge Exams

​​​​ Cambridge sizga nima beradi?

Ingliz tilini o’rganar ekansiz, bu jarayon imtihonlarsiz o’tmaydi to’g’rimi? Butun dunyo bo’ylab 25 000 dan ortiq universitetlar, ish taklif etuvchi kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingani uchungina Cambridge English Qualifications’dan o’tishim lozim ekan deb o’ylayotgan bo’lsangiz, shoshilmang!

Xo’sh Cambridge sizga nima beradi?

Avvalambor, imtihon topshiruvchilarning asosiy qismi abiturientlar yoki chet elda tahsil olish orzusi bor yoshlar. Shunday ekan, Cambridge sizga davlat va xalqaro darajadagi nufuzli Oliy ta’lim muassasalariga kirish eshiklarini ochadi.

Cambridge English Qualifications ingliz tili bo’yicha chuqurlashtirilgan imtihon dasturi bo’lib, unga tayyorlanish davri til o’rganishni yoqimli, foydali va samarador jarayonga aylantiradi.

Xalqaro darajadagi universitetlarga kirmoqchi bo'lsangiz, imtihonga tayyorlanish jarayonida, jahon miqyosidagi o’zingiz tengi yoshlar bilan muloqotga kirishish, konferensiyalarda ishtirok etish, bilim va tajriba almashish imkoniyatini qo’lga kiritasiz. Kuni kelib, bu insonlar ham sizga o’xshab bir kasbning yetuk mutaxassislari bo’lib yetishadi.

Kadr sifatida ham malakangizni oshirib, akademik va professional muhitda “survive” emas, “success” qilishingizda yordam beradi. Xorijiy tilni yuqori darajada bilgan xodim qaysi tashkilotga kerak emas deysiz?

Chet tilini bilishingiz o’z-o’zidan turli manbalardan foydalanish imkoniyatingizni ham kengaytiradi. Tanlagan sohangiz doirasida eng raqobatbardosh kadrlardan biriga aylanasiz!

Karyera o’z yo’liga, ammo dunyoga tor nazar bilan emas, keng insoniylik rakursida nazar tashlash uchun shaxsiy rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Faqat motivatsion kitoblar buning uchun yetarli emasligini allaqachon anglab yetgansiz, axir.

Maqsadlaringiz va ambitsiyalaringiz dunyodagi minglab aholidan qanchalik farq etmasin, bu yo'lni birga bosib o’tishda Cambridge eng ishonchli hamrohingizdir!

@cambridgeexams