Get Mystery Box with random crypto!

​​CEFR sertifikatining afzalliklari nimada? The Common Europe | Cambridge Exams

​​CEFR sertifikatining afzalliklari nimada?

The Common European Framework of Reference for Languages (CEFR)
- bu til qobiliyatini tavsiflovchi xalqaro standart. CEFR imtihon topshiruvchining til bilish qobiliyatini olti balli tizimda: boshlang'ich daraja A1 dan, tilni mukammal biladiganlar uchun C2 ga qadar baholab beradi.

Xo'sh, CEFR sertifikatiga ega bo'lishning qanday afzalliklari bor?

- Cambridge Assesment English CEFR sertifikatiga ega bo'lsangiz, sizda O'zbekistondagi istalgan universitetga kirish imtihonlarida ingliz tili bandidan 100% lik ball beriladi;

-Dunyo bo'ylab nufuzli tashkilotlar va universitetlar tomonidan tan olingan sertifikat, orzuyingizdagi Oliy ta'lim muassasasi eshiklarini ochib beradi;

-CEFR sertifikatiga ega bo'lgach, uni har ikki yilda qayta topshirishingiz shart emas. Universitetga kirish uchun qo'lga kiritgan sertifikatingizdan ishga joylashish uchun ham foydalanish imkoniyati mavjud

- CEFR sertifikatiga ega o'qituvchilar maoshiga esa ustama qo'shiladi. Ham o'z ustingizda ishlab malaka oshirasiz, ham qo'shimcha daromadga ega bo'lasiz!

Unutmang, eng yaxshi investitsiya - bu shaxsiy rivojlanish va kelajakka qilinganidir!

@cambridgeengish