Get Mystery Box with random crypto!

27-dars. To... mavzusi davom etadi. Quyidagi so'zlar ishtiro | Davlatjon Uz | Rasmiy Blog

27-dars. To... mavzusi davom etadi.

Quyidagi so'zlar ishtirok etgan gaplarda ham "to" qo'yiladi:
want - xohlamoq
pesuade - ko'ndirmoq
advise - maslahat
tell - aytmoq
ask - so'ramoq
expect - kutmoq, umid
teach - o'rgatmoq
Gapning tuzilishi:
1. Ega yoki "do you", "didn't", "What" kabilar
2. Yuqoridagi so'zlardan biri
3. Kimga yoki nimaga qaratilgan bo'lsa o'sha narsalar
4. "To"
5. Harakatni ifodalovchi so'z
6. Va boshqalar.
We persuaded Alisher to come with us - Biz Alisherni biz bilan kelishga ko'ndirgan edik.
What do you advise me to do? - Siz menga nima qilishni maslahat berasiz?
"Tell" so'zining past simple formasi "told" bo'ladi.
Bobur told Akmal to wait for him - Bobur Akmalga uni kutib turishini aytdi.
Agar "not to wait" deyilsa, "kutib turmasligini aytdi" degan bo'ladi.
Make (ishlab chiqarmoq) va let (ruhsat bermoq) so'zlarida "to" qo'yilmaydi."Make" o'tgan zamonda "made" bo'ladi.
Let me go with you - Sen bilan ketishga ruhsat ber.
Let us (qisqartmasi: Let's) - boshladik, qani ketdik yoki bunday qilaylik degan ma'nolarni anglatadi.
I'm tired. Let's stay at home. - Men charchadim. Uyda qolaylik.
"Help" so'zida "to" qo'ysa ham, qo'ymasa ham durust:
Can you help me (to) clean it - Uni tozalashda menga yordam berolasizmi?


Share and join us
@Davlatjon_Uz