🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

SEE SOMEONE DO/SEE SOMEONE DOING (1-qism) Bu str | Dominant English

SEE SOMEONE DO/SEE SOMEONE DOING (1-qism)


Bu strukturada qo'llanilish va ma'no jihatidan ikkita asosiy farq mavjud:

1-farq (asosan 'intermediate" kitoblarda berilgan):

1 a) ish-harakatni boshdan-oyoq/jarayonni to'liq sodir bolganiga guvohi bo'lish (ko'rish, eshitish, sezish va h.k.z) ni ifodalaganda:

I saw my sister tidy up the room - Men singlimning xonani yig'ishtirganini kordim.

1 b) ish-harakatning boshdan oxirigacha emas, balki ma'lum bir qismini/jarayonning o'rtasiga guvoh bo'lish (ko'rish,eshitish,sezish va h.k.z)ni ifodalaganda:

I saw Sabrina going along the street - Men Sabrinaning ko'cha bo'ylab ketayotganini ko'rdim.

2-farq (ayrim "advanced" kitoblarda berilgan):

2 a) Qisqa, bir martalik ish-harakatlarni ifodalaganda:

I noticed him throw a sweet wrapper on the floor, so I asked him to pick it up. - Men uning shirinlik o'ram-qog'ozini polga tashlaganini sezib qoldim va undan olishni so'radim.

2 b) takroriy harakatlarni ifodalaganda:

Did you hear those dogs barking most of the night? - Anovi itlarning kechasi bilan vovullab chiqqanini eshitdingizmi?

@DominantEnglish