🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

OTMlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 7 kun qoldi | Dominant English

OTMlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 7 kun qoldi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 27-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma. Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar.

@alisher_sadullaev