🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

- Qo‘y, yig‘lama, imom. Men chidolmayaman. Yig‘lama. - Yig‘l | Dove_pg

- Qo‘y, yig‘lama, imom. Men chidolmayaman. Yig‘lama.

- Yig‘lamay bo‘ladimi? Allohning oyatlari yig‘latadi insonni. Ustiga ustak, g‘am, mahzunlik, ayriliq.. Bularning barini bir kunda boshimdan o‘tkazyapman. Endi bu oyat...

Jimgina kuzatib turgan Muxlis so‘radi:

- Qaysi oyat o‘zi, janob Abuzarr?

- Mana bu: "U kunda kishi o‘z aka ukasidan. Va onasi va otasidan. Va xotini va bola chaqasidan qochadi. U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi o‘z ishi bor. U kunda porloq chehralar bor. Ular kulgi bilan to‘la, yetgan xushxabardan xursand. U kunda bir chehralar borki, ularni g‘ubor bosgan. Ustini zulmat qoplagan. Ular, ana o‘shalar, kofirlar va fojirlardir"¹
Eshitdingizmi oyatni?.. U kunda hamma bir biridan qochadi...

¹ (Abasa surasi, 34-42oyatlar)

"Dor ostidagi odam" kitobidan