🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Onam... (botga 4-5kun oldin ona haqida yozing deyishgandi..) | Dove_pg

Onam... (botga 4-5kun oldin ona haqida yozing deyishgandi..)

Ota-Onam uchun qilgan duolaringizni ijobatini Robbimdan tuydik, alhamdulillah. Duolaringizga rozi bo‘ling.
Onam kanalimda borlar, postimni o‘qiydilarmi yo‘qmi bilmadim.
"Sizni mendan-da baxtli yashashingizni istayman" deydilar doim. Maktabda ham, kolledjda ham o‘qigan vaqtlarimda, har xil kiyimlar kiyib yurar edim. Ko‘rgan dugonalarim keyinchalik o‘zimga "Seni ancha boy oiladan, o‘ziga to‘q oilani erka qizi bo‘lsa kerak" deb aytishgan. Aslida esa meni shunday go‘zal qilib kiyintirib, kiyimlarimni matolarini bozorma bozor yurib, ko‘z nurlarini ketqizib tikib beradigan inson onam edilar. Uyda o‘tiramiz. Kichkina opam bilan biron narsa yeymiz deb talashib qolsak, onam doim opamni urishib beradilar. "Singlingga ber" deb. Chunki, meni katta qilish onamga oson bo‘lmagan. Yoshligim deyarli kasalxonalarda o‘tgan. Mendan avval rahmatli akamni berib qo‘yganlari ularga ta'sir qilgan, ancha qiynalganlar.. Bir ona uchun farzandini tuproqqa berish osonmas.. Keyin esa men dunyoga keldim, onam doim aytadilar "Sen mening quyoshimsan.. Hayotim mazmunisan.."

Shu Onamsiz o‘tgan 17 kun boshqacha o‘tdi. Allohdan tinmay tezroq uyga qaytishlarini duolarimda so‘radim. O‘ylab qoldim, onasiz insonlarga juda qiyin bo‘lsa kerak... Alloh onalarimizni boshimizdan ayirmasin. Va yana o‘yladim.. Ertaga turmushga chiqib ketsam, umr yo‘ldoshim ham onamchalik men uchun qayg‘ura olarmikin..? Onamni har daqiqalari biz bilan o‘tgan, ularni hayotlari, biz farzandlarimiz...

Bugun onamga qarab o‘tirdim. Yig‘ladilar.. "Sizlarni ancha qiynab qo‘ydim.. Bilaman, 17 kun ichida ichingizdan nima o‘tganini.." dedilar, qo‘shilib yig‘ladim. Ichimda aytdim: "Oyijon, siz kechalari biz uchun ovora bo‘lganingizni, bizga fido qilgan daqiqalarizni haqqini bir daqiqa siz uchun ayirib ham ado ham qila olmasak kerak. Bu qarashlarimizni hech biri, siz bizni sevganingizchalik emasdir.." dedim. O‘zlariga aytolmadim. Chunki, aytsam yana yig‘lab yuborishim tayin edi. Allohga shukr aytdim, menga ular kabi Ona berganiga.
Balki ba'zilaringizni bu so‘zlarni yozib ranjitib qo‘ygandirman.. Uzr so‘rayman. Aytar gapim, sizni avval Robbingiz, so‘ng onangiz tushunganchalik hech kim tushuna olmaydi.

Yoningizdagi nuringizni qadrlang..)