Get Mystery Box with random crypto!

​Odatda o'quvchilar turli tipaj/darajalarda bo'ladi: A) Ko'ch | IELTS DOWNTOWN

​Odatda o'quvchilar turli tipaj/darajalarda bo'ladi:

A) Ko'cha bolasi - o'qishga qiziqmaydi, vaziyat taqazosidan kelib-ketib yuradi, lekin yashash muhiti ilmni talab qilmaganidan uning nima uchun kerakligini bilmaydi. Qiziqishlari mutlaqo boshqacha bo'ladi, odatda bahonalar bilan o'zini aldab vaqtini ketkazadi.

B) Sust o'quvchi - o'qishi kerakligini biladi, harakat qiladi. Lekin unga doimo nimadir, masalan mantig', bilim, xotira yoki sharoit yetishmaydi. Ko'pincha uyidagilar o'qib ham ishlashni so'rashadi yoki o'qishiga deyarli ahamiyat berishmaydi (lekin doim ham emas). Ularda ong tepib kirishni boshlagan bo'ladi, lekin imkoniyatlari juda chegaralangan.

C) O'rtacha o'quvchi - o'ziga yarasha bilimi bor, ma;lum status va natijaga ega. Lekin doimo o'rtacha ya'ni odatda jonini haddan tashqari koyitmaydi. Ularning qandaydir o'ziga xosliklari bor biroq ular hech qachon ajralib turmaydilar. Odatda ustoz ularni hurmat qiladi, va ularga qandaydir ro'yobga chiqarilmagan potensial sifatida qaraydi.

D) Yulduz - hammadan yaqqol ajralib turadi. O'ziga kuchli (ba'zida haddan tashqari) ishonuvchan. Ular odatda ikki yo'ldan ketishadi. O'zlarini bosib olib yutuqlaridan havolanmay o'rganishda davom etishadi yoki yutuqlaridan mast bo'lib boshqalar ulardan o'zib ketganini sezmay qolishadi.

E) Izlanuvchi - bilimi kuchli va uni qanday ishlatishni biladi. Odatda ahamiyatsiz narsalarga chalg'imasdan maqsadiga qarab aniq boradi.

Muhimi bu tipajlar bilan tug'ilmaganmiz, bizni muhit shunaqa qilib qo'ygan. Buni o'zgartirish mumkin. Biz birinchi bosqichdan to beshinchisigacha oshib boramiz. Ilmimiz oshgani sari o'zgarib o'zimizni yangidan kashf etib boramiz. Bu bir kunda yoki bir lahzada seziladigan jarayonmas, aksincha yillarni talab qiladigan lekin mevasi nihoyata shirin o'zgarishdir.

Xo'sh sen qaysi bosqichdasan?

Subscribe // Like // Share
DOWNTOWN