Get Mystery Box with random crypto!

​Xo'sh savol yuqoridagi bosqichlardan yuqorilash nimaga kerak? | IELTS DOWNTOWN

​Xo'sh savol yuqoridagi bosqichlardan yuqorilash nimaga kerak?

Chunki ular sening hayotdagi yashash holating va mavqeingni belgilab beradi. Barcha yomon odatlarning rag'bati tez, lekin jazosi sekin keladi, yaxshi odatlarda esa teskarisi, ularning yomon taraflarini te sezasiz, lekin foydalari uzoq muddat davomida seziladi. Ko'cha bolalari yoshligida qanchalik erkin bo'lsa ulg'ayib oila qurganda shunchalik boshqalarga qaram bo'ladi, hayotdagi imkoniyatlari chegaralanadi, kuni bo'yi eshshakday ishlab oilasini boqishdan boshqasiga ulgurmay umri o'tadi.

Yuqoridagi izlanuvchilar balki mutimillionerlarga aylanmas, chunki aslida baxtli bo'llish uchun, baxtli hayot uchun ko'p pul emas, ko'p bilim zarurroq. Biz puli ko'p bo'lgan holatda ma'nosiz yashab o'tadigan baxtli odamlar haqida tez-tez eshitib turamiz. Ammo bilimi kuchli bo'lgan baxtsiz olimlar haqida deyarli eshitmaganmiz. Albatta ham biliming ham puling ko'p bo'lsa bundan afzali yo'q (Bill Geyts, Jeff Bezos yoki Ilon Mask kabi).

Xullas, yoshligingdagi mana shu pozitsiyang, kelajakda kim bo'lishingni ham ko'rsatib beradi. Aynan shuning uchun ham 1 dan 5 qarab intilish muhim.

Subscribe // Like // Share
DOWNTOWN