🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Dazmol qilishni o'rganamiz.. 1. Kiyimni dazmol qilishdan a | Easy metodic

​​Dazmol qilishni o'rganamiz..

1. Kiyimni dazmol qilishdan avval uning yorlig'iga etibor bering, balki uni umuman dazmol qilish mumkin emasdir yoki malum haroratga amal qilish lozimdir...
2. Haroratni nazorat qiling!
Odatda, o'ng tomondan chap tomonga, libosning keng qismidan ingichka qismiga qarata dazmol qilish lozim.
3. Toza, yuvilgan kiyim va buyumlarni dazmol qiling, aks holda kichik dog' ham kozga tashlanib qoladi.
4. Quruq liboslarni dazmollash biroz mushkul, shuning uchun pulverizator (suv purkagich) yoki namlash imkoni bo'lgan toza marlidan foydalaning.
5.Choyshab, yostiq jild, sochiqlarni yuza tomonidan dazmol qilinadi. Rangli liboslarni ichki tarafidan dazmol yurgiziladi, aks holda matoda yaltiroq chiziqlar paydo bolishi mumkin. Erkaklar koylagini esa faqat old qismidan dazmol qilish lozim.
6. Junli kiyimlarni astaridan ham, ustki qismidan ham dazmol qilaversa boladi, faqat nam marlidan foydalanishni unutmang.
7. Krep matosidan tikilgan va yuzasida bo'rtib chiqqan rasmli liboslarni quruq va past haroratda dazmol qiling.
8. Suniy ipakdan to'qilgan tafta matosini dazmollashda namlangan marlidan foydalaning, yana uni astar qismidan dazmol yurgizish lozim.
9. Kraxmallangan matolarni namlangan marli qoyib, yuqori haroratda teskari tarafidan ham, ustki tomonidan ham dazmollash shart! Bunda mato dazmolga yopishib qolmasligi uchun kraxmallash jarayonida ozgina tuz qoshishni maslahat beramiz.
10.G'ijimlangan galstuk dazmol qilinmaydi. Uch litrli bankaga qaynoq suv solib, galstukni banka ustiga o'rash kerak.
11. Paxtali matodan tikilgan kiyim va buyumlarda dazmoldan iz qolgan bolsa, bu dog'lar vodorod peroksidi bilan namlanadi va 15-20 daqiqadan keyin quruq mato bilan artiladi.
Yupqa tor, jimjimador matolarni doim teskari tomonidan dazmollang.
12. Duxoba va velyur matolarga suv purkab, astaridan dazmol qilinadi.
13. Erkaklarning klassik uslubdagi shimini dazmollashdan avval “strelka” ustidan suv yordamida namlanlangan mato yurgiziladi. So'ng choklarni tekislab, namlangan marli qo'yib dazmol qilish lozim.
14. Dazmol yuzasidagi kuygan mato qoldiqlarini tozalash uchun paxtali mato ustiga ikki osh qoshiq yirik tuz sepasiz. Dazmolni eng yuqori haroratga qo'yib, tuz ustidan yurgiziladi. Song quruq paxtali mato bilan dazmolning yuzasi artib olinadi.