🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​​​Gullar parvarishida yo'l qoyiladigan xatolar.. 1. Gulnin | Easy metodic

​​​​Gullar parvarishida yo'l qoyiladigan xatolar..

1. Gulning pastki barglari qurishi va to'kilishi yorug'lik yetishmasligi yoki havoning o'ta yuqori haroratliligi yoki yetarlicha sug'ormaslik oqibatida ro'y beradi.
2. G'unchasi yoki guli to'kilishiga havoning quruqligi, kam sug'orish, tuvak joyini tez-tez almashtirish, azot yetishmasligi va zarar kunandalar sabab bo'ladi.
3. Gullari tez so'lib qolsa, bu o'simlikning og'itga muhtojligi, quyosh nuri, xona havosida namlik yetishmayotgani, haddan ortiq issiq harorat belgisi.
4. Barglari uchining sarg'ayishi — kalsiy yetishmasligi, yetarlicha sug'ormaslik oqibati.
5. Yaproq va shoxlari chiriy boshlasa, bunga gullar uchun yomon shart-sharoit tufayli yuzaga kelgan kasallik, aksariyat hollarda tuprog'idagi yuqori namlik sabab.
6. O'simlik sekin o'syapti yoki umuman o'smayaptimi? Barcha osimliklar uchun kuz va qish sokinlik davri hisoblanadi. Bu paytda ular deyarli o'smaydi yoki juda sekin o'sadi. Agar bu hol bahor va yozda ham davom etsa, bunga mineral moddalar, yorug'lik yetishmasligi va ko'p sug'orish sabab boladi.
7. Gullamasligi sokinlik davrining buzilishi, mineral moddalarning haddan ortiq berilgani yoki ko'p martta tuvagini almashtirishga ham bog'liq.
8. Sopol tuvak yuzasida yashil qoplam paydo bolsa, bilingki, suvni kop quygansiz.
9. Barglarda quruq dog'lar bo'lsa, suvning kamligidan. Agar dog' tushgan barglar qurimasa, ko'p sug'orilganidan darak bo'ladi.
10. Barglar burishib qolsa, o'simlik haddan ortiq sovuqda qolib ketgan bo'ladi. Uning joyini o'zgartirgan maqul.

Hozircha shular..