🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Limon to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar Limon shamollashda | Easy metodic

​​Limon to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar

Limon shamollashda eng birinchi yordamchi vazifasini o’taydi. Ammo bundan tashqari uning foydali xususiyatlari juda serob bo’lib, shu sababdan uni qadim zamondan ishlatib kelishgan. Shunday qilib, limonning o’ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
•Limon o’zida ko’p biriktiruvchi to’qima va kislotalarni saqlab, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
•Limon moddalar almashinuvini yaxshilaydi;
•O'zida temir moddasini saqlashi sabab ham, kamqonlikda ham foydalidir;
limon yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi;
•Shamollash va anginada u nafaqat C guruh vitamini borligi sababidan foydalidir, balki u shamollashga qarshi samarali kurashadi;
•Garmonlar muvozanatini ushlab turadi;
•Immunitetni mustahkamlaydi.

Limonni zararli tomonlari
Albatta bu mevani qo’llashga qarshi ko’rsatmalar ham mavjud. Limonlardan kamroq iste’mol qilish yoki umuman cheklash kerak, agar siz:
•Oshqozon yoki ichak yarasidan aziyat cheksangiz;
•Sitrus mevalarga alergiyangiz bo’lsa;
•Pankreatitga chalingan bo’lsangiz.

Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, limon tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Undan juda ko’p miqdorda iste’mol qilish esa qon bosimiga ham yomon ta’sir ko’rsatadi. Hamma narsaning me’yori borligini unutmang.)

Limonni to’g’ri qo’llash
Shamollash vaqtida ham haddan ziyod limon iste’mol qilish mumkin emas. U oshqozon shilliq qavati va tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatishi sabab ham uni och qoringa iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Limon solingan bir stakan suv bu ovqatdan keyin ichsa bo’ladigan yaxshi ichimlikdir.

Limonlar yuqori haroratda foydali xususiyatlarini yo’qotadi, shu sabab ham qaynoq choyga limon solmaslik kerak, biroz sovigandan so’ng solish kerak.

Bir kunda bir necha bo’lak limondan iste’mol qilish mumkin, faqat limonni o’zini yegandan so’ng tish emaliga zarar keltirmasligi uchun og’izni chayish kerak.

Limonni to’g’ri tanlash va saqlash
Agarda siz limonni uning rangiga qarab tanlasangiz, unda buni unuting! ular hech nimadan dalolat bermaydi. Yaxshi pishgan limonlar ham och rangda bo’lishi mumkin.
Ammo limon xarid qilayotganda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
Pishgan limon – qattiq va tarang bo’ladi. Agar bosib ko’rganda limon yumshoqroq bo’lsa, unda u o’tib ketgan bo’ladi. U ta’m jihatidan uncha bilinmaydi, ammo uning foydali xususiyatlari kamaygan bo’ladi
foydali va sersuv limonning po’sti silliq bo’ladi;
Limon ustida jigarrang chiziqlar yoki dog’lar mavjud bo’lsa, demak uni sovutgichda uzoq muddat ushlab turishgan. Bunday limonni foydasi kam, ta’mi ham achchiqroq bo’ladi.
Limonlarni sovutgichda 4-5 haftagacha konteyner yoki zip yelim xaltalarga solib saqlash mumkin. Xona haroratida esa bir haftacha yaxshi saqlanadi, so’ng esa quriy boshlaydi.

Qiziqarli ma'lumotlar uchun "Google" ga rahmat!)