Get Mystery Box with random crypto!

UNIT 62. Countable / uncountable (2) Farqiga e'tibor bering: | English_Lug'at✅

UNIT 62. Countable / uncountable (2)

Farqiga e'tibor bering:
1) a cake - bir butun tort
2) some cakes - bir nechta tort
3) some cake - bir bo'lak tort
4) a piece of cake - bir bo'lak tort.
1-gapda "a" bo'lgani uchun bitta deb tushunamiz.
2-gapda "cakes" ko'plikda kelgani uchun butun tortlardan bir nechtasini tushunamiz.
3-gapda "some"dan so'ng "cake" birlikda kelgani uchun bitta tortning qanchadir qismini tushunamiz.
4-gapning ma'nosi 3-gap bilan bir xil.
Quyidagi gaplar inglizchada hech qachon ko'plik shaklda kelmaydi: bread (non), weather (ob-havo), information (ma'lumot), advice (maslahat), hair (soch), furniture (mebel), paper (qog'oz), news (yangilik).
Masalan, breads, hairs, papers deyish noto'g'ri, some bread, some paper, some hair kabi yoziladi. Bu so'zlar odatda sanalmasligi uchun a/an qo'yilmaydi. Ammo "a newspaper" (gazeta) so'zida a/an ishlatsa bo'ladi.
I bought a pen, some bread and some cheese - Men ruchka, qanchadir non va pishloq xarid qildim.

@English_lugat