2021-06-11 15:17:01
Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi yangilandi
Quacquarelli Symonds reytingining 2022-yil natijalari e’lon qilindi. Unda 1,3 ming universitet baholangan.
TOP-10:
1. Massachusets texnologiya instituti (AQSH);
2. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya);
3. Stenford universiteti (AQSH);
3. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)
(3- va 8-o‘rin 2ta, sababi OTMlarning ballari teng kelib qolgan)
5. Harvard universiteti (AQSH);
6. Kaliforniya texnologiya instituti (AQSH);
7. London imperial kolleji (Buyuk Britaniya);
8. Shvetsariya federal texnologiya instituti;
8. UCL – University College London (Buyuk Britaniya);
10. Chikago universiteti (AQSH).
Ro‘yxatda o‘tgan yili ham Massachusets universiteti 1-o‘rinni egallagan. Uchlikdagi qolgan OTMlar almashgan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston OTMlari hali bu reytingga kirmagan. Bu yil Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston OTMlari reytingga kirgan.
77 views12:17