🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

BIRINCHI SAVOL - Nega uzoq kutilgan va rejalashtirilgan? Aynan | EVEREST OFFICIAL 🏔🚀

BIRINCHI SAVOL - Nega uzoq kutilgan va rejalashtirilgan? Aynan kim va nimaga eng uzoq kutgan ushbu manzilimizni?

Uzoq kutilgan manzil deganda biz eng avvalo EVEREST TEAM har bir a'zosi va shaxsan o'zimni nazarda tutmoqdamiz, azizlar!

Sir emaski, EVEREST jamoasi o'qituvchi sostavi asosiy qismini Jahon Tillari Universitetida Bakalavr yoki Magistr bosqichida xozirda tahsil olayotgan yoki ushbu dargohni bitirgan yosh o'g'il-qizlarimizdan iborat! Uzoq vaqt mobaynida bu jamoadoshlarimiz EVEREST ulashayotgan ilmga bu hududda katta talab bor ekanligini ta'kidlab kelishgan! Qolaversa, ushbu universitet talabalari katta qismi uchun mavjud manzillar uzoqlik qilayotgani va ular uchun qulaylik yaratishimiz kerakligi ta'kidlangan!

Kaminaga kelsak, garchi o'zim ushbu universitet bitiruvchisi bo'lmasamda, undagi muhitni yaxshi o'rganib chiqqanman!

Universitet kuchli va tajribali professor ustozlardan iborat jamoaga ega, va shu tufayli, darslar saviyasi va sifati yuksak darajada ekanligiga shubha yo'q! Bundan tashqari, o'tgan bir necha yillar mobaynida umuman olganda ta'lim tizimi va universitetlar qabuli jarayonlaridagi korrupciyaga barham berilganligi universitet talaba kontingentini ancha kuchaytirgan! Dostoyniy va ilmi kuchli o'quvchilardan iborat muhit shakllangan, xullas!

Ammo, tan olib aytishimiz lozimki, universitet o'z tahsil oluvchilariga aynan IELTS imtihonlariga tayyorgarlik yoki ularga yoshlarni tayyorlash bilan bog'liq bilim va yo'l-yo'riqni juda kam beradi!

Garchi davlat siyosati darajasida IELTS sertifikati mutahassislardan bugungi kunda talab qilinayotgan bo'lsada, afsuski, ushbu universitet IELTSga ega kadrlar va IELTS instruktorlarini tayyorlab berayotgani yo'q, xullas!

P.S. EVEREST esa Jahon Tillari Universiteti yonginasiga ushbu bo'shliqni to'ldirish va universitet talabalari bitirgunlarigacha IELTS sertifikatiga ega bo'lishlari va hattoki IELTS instruktori darajasida ilm olishlarida ko'maklashish uchun keldi, azizlar!

@urokovkhurshid

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams