🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

IKKINCHI SAVOL - Nima uchun butun O'zbekistonimiz uchun manfaa | EVEREST OFFICIAL 🏔🚀

IKKINCHI SAVOL - Nima uchun butun O'zbekistonimiz uchun manfaatli bo'ladi ushbu manzilimiz aynan shu lokaciyada ochilishi va keyingi faoliyati?

Jahon Tillari Universitetida barcha kurslar, fakultetlar, smenalar va ta'lim shakllarini hisobga olganda chamasi 24 000 nafar talaba xozirda tahsil olmoqda! Universitet oxirgi ikki yil ichida o'z talabalari sonini va sig'imini deyarli ikki barobarga oshirishga muvaffaq bo'ldi!

Ya'ni, xozirda ushbu universitetda tahsil olayotgan yosh kadrlarning chamasi 75%i oxirgi ikki-uch yil ichida qabul qilingan potenciali va ilm salohiyati yuqori bo'lgan yoshlardan iborat!

Eng muhimi, ushbu yoshlarimizning aksariyati, kamina kabi Respublikamiz viloyatlaridan, chekka-chekka tuman va qishloqlaridan poytaxtga kelib tahsil olmoqdalar! Ular oilasi va talabalarning o'zlari uchun ham bu ham moddiy, ham emotsional mashaqqatlar tug'diradi! Xullas, ular vaqtini uvol qilmay o'qishni bitirgunlariga qadar, avval IELTS imtihonlariga tayyorlash undan keyin esa agar ularda o'qituvchilikka qiziqish va qobiliyat bo'lsa IELTS instruktorlik sirlarini o'rgatish o'ta muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman!

Bor yo'g'i bir yildan keyin bizning sa'y-harakatlarimiz o'z mevasini bera boshlaydi, in shaa Alloh! Ya'ni, ushbu talabalarning aksariyati o'z viloyatlariga qaytib borib, olis manzillardagi IELTS imtihonlariga yoshlarni tayyorlash va umuman olganda Ingliz tilini o'rgatish jarayonlari saviyasini ko'taradilar!

Millatni turmush farovonligi, rivojlanishi va hattoki kundalik qilayotgan daromadida ham Ingliz tilini yaxshi bilishning ahamiyati qanchalik yuqori ekanligi haqida esa ortiqcha va'z o'qib o'tirishning xojati yo'q menimcha!

P.S. Biz imenno strategik muhim ahamiyatga ega tochkaga borib, har tarflama qulay pozitsiyadan turib Jahon Tillari Universiteti talabalari saviyasiga hissa qo'shmoqchimiz va o'zimizda bor salohiyatni ularga yuqtirmoqchimiz, azizlar! Bir-ikki yil o'tib ular butun Respublikaga tarqalishadi va EVEREST ta'lim sifatini O'zbekistonimiz barcha hududlariga olib borishadi, Xudo xohlasa! Vatan-millatni birgalikda ko'taramiz, nasib!

@urokovkhurshid

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams