2022-05-10 18:52:56
“
Ingliz tilini umuman bilmayman, IELTS kursga borsam bo'ladimi?”
IELTS (International English Language Testing System) — ya'ni, ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi test. IELTS kursda sizga faqat imtihon standartlari, qonun-qoidalari, savol turlari, strategiyalar o'rgatiladi. Boshqacha qilib aytganda, IELTS kursida siz ushbu imtihon haqida ko'proq o'rganasiz.
“
Xo'sh, unda IELTS kursigacha qanaqa kurslarni o'qishim kerak?”
IELTS kursiga borishdan oldin, siz 0 dan boshlamoqchi bo'lsangiz, starter, elementary, pre-intermediate, intermediate va Pre-IELTS kurslarini tugatgan bo'lishingiz kerak, ya'ni siz imtihon standardlari va strategiyalaridan avval ingliz tilini o'rganishingiz lozim.
“
Xo'p, bunga qancha vaqt ketadi?”
Til o'rganish tez yoki sekin bo'lishi o'zingizga bog'liq, albatta. Global Education o'quv markazida bu kurslarning har biri 3 oygacha, IELTS kursi esa 4 oy davom etadi. Agar siz ingliz tilini yaxshi o'rganmoqchi bo'lsangiz, o'qituvchilar bergan vazifalarni o'z vaqtida, to'liq bajarishingizga ko'zingiz yetsa, IELTS sertifikatini qo'lga kiritish uchun kamida 1.5 yil vaqt sarflashingizga to'g'ri keladi.
Unutmang, sehrli damlama, sirli masalliq faqatgina multfilmlarda va ertaklarda bo'ladi! Bu postni shunaqa savol beradigan o'rtoqlaringizga sekingina yuborib qo'ying Ingliz tili kurslari haqida ma’lumot olish uchun biz bilan bogʻlaning!
Administratorga yozish
+998914677097
Mavzuga oid:
Ingliz tilini o'rganish uchun qanday bosqichlarni bosib o'tish kerak? – *oʻqish.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Roboteach
2.8K viewsedited 15:52