Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum. Barchangizga Juma ayyomi muborak bo’lsin. “ | Halal Japan

Assalomu alaykum. Barchangizga Juma ayyomi muborak bo’lsin.

“GenerouMe” sahovat loyihasidan yana bir quvonarli yangilik. Hozirgacha bizni qo’llab-quvvatlab kelayotgan vatandoshlar tomonidan “bolalarni ilm olishiga yordam bersak juda yaxshi bo’lardi” degan juda ko’p taklif va fikrlar bizga kelib tushgan edi.

Sizlarning qimmatli fikr va takliflaringizni inobatga olgan holda, “GenerousMe” sahovat loyihasi qoshida GenerousMe Ilm Fondini tashkil qilishga qaror qildik. Bu fondning asosiy maqsadi vatandagi iqtidorli bolalarni (asosan, yetim, kam ta’minlangan va muhtojlar) ilm olishiga oz bo’lsa ham o’z hissamizni qo’shishdir.

Shunday ekan, bu xayrli ishimizga befarq bo’lmaysizlar degan umiddamiz.

@GenerousMe_UZ