🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

HeartCouncil_Uz

Logo of telegram channel heartcouncil_uz — HeartCouncil_Uz H
Logo of telegram channel heartcouncil_uz — HeartCouncil_Uz
Channel address: @heartcouncil_uz
Categories: Quotations
Language: English
Subscribers: 1.36K
Description from channel

HeartCouncil - barchasi qalbingiz sokinligi uchun!
Muammolar va Aforizmlarni ushbu @HeartCouncilBot botga yozing.
https://heartcouncil.taplink.ws

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 2

2022-08-28 14:27:50 Hurmatli obunachilar,

agar sizda oilaviy va ishqiy munosabatlarda muammolar bo'lsa ushbu @HeartCouncilBot ga jo'nating. Agar siz hayotiy aforizmlaringizni kanalimizda post qilishini xohlasangiz ushbu @Heartcouncil_uz_quotes_bot botga yo'llang.

Hurmat bilan HeartCouncil jamoasi.
325 views11:27
Open / Comment
2022-08-27 18:37:24 Bir ona bor
Dilafruz
139 views15:37
Open / Comment
2022-08-26 12:25:23 E'tiborsizlik.... Inson munosabatlarini doim ushlab turuvchi hissiyot yoki tuyg‘u bu e'tibordir. Hoh u sevishganlar, hoh oila, hoh do‘stlar bularni barchasida bunday tuyg‘u bor. Hozirda bizni qiynab kelayotgan mavzu E'tiborsizlik. CHunki bunda juda ko‘p…
298 views09:25
Open / Comment
2022-08-26 12:06:50 E'tiborsizlik....

Inson munosabatlarini doim ushlab turuvchi hissiyot yoki tuyg‘u bu e'tibordir. Hoh u sevishganlar, hoh oila, hoh do‘stlar bularni barchasida bunday tuyg‘u bor. Hozirda bizni qiynab kelayotgan mavzu E'tiborsizlik. CHunki bunda juda ko‘p odam aziyat chekmoqda. Masalan sevishganlarni olsak ular boshida bir biriga e'tibori juda yuqori bo‘ladi va vaqt o‘tib ulardan biri buni aksiga o‘tishni boshlaydi. Asosan bunday holat o‘g‘il bolalarda uchraydi. Juftiga qiziqish yo‘qolishni boshlasa ularga bo‘lgan e'tibor kamayadi, tabiyki buning ortidan janjallar, tortishuvlar kelib chiqadi, oxirida bu ajralish bilan yakun topadi. Qizlar psixologiyasida asosiy o‘rinda E'tibor turadi. Ular uchun eng yomon holat ularga hech kim e'tibor bermasligidir. Shuning uchun doim ular o‘zlariga qarab yurishga harakat qilishadi. Yangi, noodatiy, xatto yarashmasa ham o‘zgacha bo‘lishga harakat qilishadi. Bilinki juftingiz sizga nisbatan e'tibori kamayotgan bo‘lsa demak siz bilan munosabatlar oxiriga yetayotgan bo‘ladi. CHunki ba'zilar aytishi mumkin.  '' Vaqtim bo‘lmayapti, charchadim  '' bunday gaplar ahamyatli emas. CHunki haqiqatdan sevgan odam hech u insonsiz qolgisi kelmaydi, doim ovozini yoki o‘zini ko‘rgisi kelaveradi. Besh daqiqa bo‘sh vaqt topsa ham u vaqtni siz uchun sarflaydi albatta vaziyatga qarab! Oiladagi e'tiborsizlik! Eng og‘riqli mavzudir. CHunki buning ortidan kimdirlar narkoman, kimdirlar ko‘cha bezorilari, kimdirlar egoist bo‘lib ketmoqda. Uyda ota-onadan bir xil e'tibor bo‘lmog‘i lozim. CHunki farzand bir tomonlama kamolotga yeta olmaydi. Ota e'tiborli bo‘lib ona e'tiborsiz bo‘lsa farzand! g‘ururli bo‘lib mexrsiz voyaga yetadi. Aksi bo‘lsa yomon yo‘llarga kirib ketuvchi yani tez boshqalarga ergashuvchi inson bo‘lib qoladi. Hayot bir xil emas. Kimningdir otasi yoki onasi bo‘lmasligi mumkun. Ba'zi bir insonlarni farishtaga qiyoslasak bo‘ladi. Farzandi uchun ham ota ham ona bo‘lib farzandini kamolotga yetaklaydi. Birgina so‘z orqali kimnidir botqoqlikdan olib chiqib ketish mumkun. CHunki juda ko‘p botqoqlikda qolib ketgan insonlarning asosiy muomosi E'tiborsiz qolib ketganligidan kelib chiqadi. Bir og‘iz shirin so‘z, bir og‘iz hol ahvol so‘rash kimningdir orzusi bo‘lib kelmoqda. E'tiborsizmiz!  Juda-juda, ko‘chada o‘tib juda qiynalgan insonlarni ko‘ramiz. Lekin u bizning muammoimiz emas.O‘zimizning dardimiz o‘zimizga yetadi deb o‘tib ketamiz. Qanchadan qancha hayvonlarni ko‘ramiz achinamizu indamay o‘tib ketamiz. Ozgina vaqtdan keyin qaytib ularni eslolmaymiz. E'tibosizlik haqida juda ko‘p narsalarni yozsam bo‘ladi. Ammo inson o‘zi ham o‘ylab ko‘rishi lozim, faqat shuni unutmangki  ''E'TIBOR BIR MEYORDA TURISHI LOZIM. KAMAYIB KETSA SOVUTADI, KO‘PAYIB KETSA BEZDIRADI...


Lazizbek Lapasov
@llaz1zbekk
besh og‘iz gap (2-qism)

@heartcouncil_uz
314 viewsedited  09:06
Open / Comment
2022-08-24 17:56:45 Begim
Dilafruz

@HeartCouncil_Uz
403 viewsedited  14:56
Open / Comment
2022-08-23 18:30:15 Assalomu alaykum hammaga, men 2-kursman ismim sir bo'laversin, bir narsani oldindan aytmoqchiman agar bu xabarni o'qishni boshlagan ekansiz aniq bir maslahat bering chunki masala jiddiy, shunchaki o'qib hazil sifatida yozadigan bo'lsangiz kerakmas, hop qisqacha qilib aytadigan bo'lsam, men bir qizni sevaman, judayam sevaman, uyam meni sevadi, ancha vaqtdan beri gaplashamiz, bundan oyisini ham xabari bor, orada 1-2ta ishla sabab oyisi bn ham gaplashgandim, xullas yaqin orada rashkim kuchlilik qilib sal qizishib ketdim shu sabab orada ozgincha tushunmovchilik bolib qizimni mazasi bomay qoldi, bundan xabar topgan oyisi boldi endi gaplashmisan deb qattiq qarshilik qilyapti, sal kam 1 oydan beri qizim bilan gaplashmayapman, hayotim u siz qiziqarsiz bo'lib qolgan, qisqasi yana oyisi bn gaplashib vaziyatni tushuntirib to'g'irlamochiman, telegramdan yozaman desam bir o'rtog'im unaqa qilma, agar masala jiddiy bosa to'g'ri oldiga borib korishib aytaver dedi, shunga sal boshim qotgan, qilolmimanmas, qo'limdan keladi lekin qanday borib aytaman nima qilaman shu o'ylantirayapti, shunga maslahat bersezla yana nimadir variantlar bormi?

Agar sovchilarizzi jonating deydigan bosalariz meni uyimdagilarni xabari bor, ba'zi sabablarga ko'ra hozir borolmaydi, a ungacha meni sabrim yetmaydi hayotim borgan sari rangsiz tus olyapti, ham ungacha men vaziyatni to'g'irlashim kerak menimcha.

@HeartCouncil_Uz
485 viewsedited  15:30
Open / Comment
2022-08-23 14:51:04 Hurmatli obunachilar,

agar sizda oilaviy va ishqiy munosabatlarda muammolar bo'lsa ushbu @HeartCouncilBot ga jo'nating. Agar siz hayotiy aforizmlaringizni kanalimizda post qilishini xohlasangiz ushbu @Heartcouncil_uz_quotes_bot botga yo'llang.

Hurmat bilan HeartCouncil jamoasi.
437 views11:51
Open / Comment
2022-08-22 19:00:01 Onamni jonini ogritma Robbim!
Dilafruz
525 viewsedited  16:00
Open / Comment
2022-08-22 18:52:01
For luck
Anonymous Quiz
16%
10%
15%
22%
22%
11%
5%
124 voters519 views15:52
Open / Comment
2022-08-22 18:30:12 ..
Shu tarzda o'qishga kirib, talabalikning eng zavqli kunlarini o‘tkazardim. Bir pasda oliygoh hayotiga o'rganib ketdim. Bu yerdan ham ko‘p do‘stlar ortdirdim. Ba‘zilari bilan aka-ukadek qadrdon bo‘lib ketdik. Talabalik hayoti ham ortiga qaramay, shiddat bilan oldinga ketardi. Birpasda ikki yil ham o‘tib ketdi. Sinfdosh do‘stlarim bilan ham tez tez uchrashib turardim. Ba'zan o‘zimiz biror sabab bo‘lmasa ham yig‘ilishardik, ba'zan esa biror bir sinfdoshimizni to‘yi munosabati bilan yig‘ilardik. Sinfdosh qizlarimizning ham ko'pchiligini to‘yi bo‘lib ketdi. Faqat sanoqlilargina qolgandi, xolos. Ularni ichida U ham bor. Unga o‘sha mening eng yaqin do‘stimdan 3-4 marta uyiga sovchi borganidan xabarim bor edi lekin negadir uning uydagilari ko‘nishmayotgandi. Yaqinda bir xabar eshitib dovdirab qoldim:

— Eshitdingmi?
— Nimani?!
—... ni to‘yi bo‘layapti;
— Yaa, yog‘e?!
— Ha, Rostan
— Kimga tegayapti, Jo‘ragami, xabaring yo‘qmi?
— Yo‘q unga emas... Boshqaga...
— Kimga ekan?!..
— Bu yerlik emas, Toshkentdan ekan...
— Haa... Nega Jo‘ra unga uylanmadi, ahir ikkovi bir birini yaxshi ko‘rardiku...
— Uyidagilari rozi bo‘lishmabdi...
— Nega rozi bo‘lishmabdi?!
— ... ni uyidagilari Toshkentga ko‘chib ketishar ekan, shunga qizini bu yerda qoldirishga ko‘ngli bo‘lmabti. O‘zing bilasan yolg'iz qiz. Yana bitta sababi Jo'rabek qizni otasiga yoqmaganmish...
Ular boy, bilasan. Balki, Toshkentdagi kuyov bo'lmish biror bir boy do‘stining arzandasidir...
Bo‘pti, uni buni qo‘ysangchi, to‘yga borasanmi o‘zi?!
— ... Bilmasam...aniq aytolmayman...

Bilasizmi?! Bu xabarni eshitib judayam alam qilib ketdi. Alam qilganining bir jihati unga shu vaqtgacha biror marta dil izhorimni aytolmaganim armon bo‘lib qolgan bo‘lsa, ikkinchi jihati uning turmushga chiqib ketayotgani edi. Turmushga chiqqanda ham kimga?!.. Begonaga!!...Sen tanimagan, bilmagan insonga... Men uni eng yaqin do‘stim bilan birga baxtli bo‘lishini xohlardim. Har zamonda bo‘lsa ham, kezi kelganda sinfdosh do‘stlar yig'ilib, do‘stimnikiga borganda, uni hozirgi hayotidan baxtli, ko‘zlari quvongan holda ko‘rib turishni istardim....Mayli...Nima bo'lganida ham insonning taqdir peshonasiga yozilganidan ortig‘i ham, kami ham bo‘lmaydi... Hech bo'lmaganda uni bu hayotda borligini bilib yashashning o‘zi bir baxt... Borgan joyida tinib tinchib.. baxtli hayot kechirsa bo‘lgani... Biz uchun armon bo‘lib qolgani esa, U na menga va na do‘stimga nasib qildi....

.....NASIB..... qanday ulug‘vor so‘z- a?!.. ...
Na sodir bo‘lishiga aminsan....
Na umidsizsan....
Faqatgina....
Taqdiringni biluvchiga taslimsan....


22.04.2022

hikoya tugadi.
434 views15:30
Open / Comment