🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

HeartCouncil_Uz

Logo of telegram channel heartcouncil_uz — HeartCouncil_Uz H
Logo of telegram channel heartcouncil_uz — HeartCouncil_Uz
Channel address: @heartcouncil_uz
Categories: Quotations
Language: English
Subscribers: 1.36K
Description from channel

HeartCouncil - barchasi qalbingiz sokinligi uchun!
Muammolar va Aforizmlarni ushbu @HeartCouncilBot botga yozing.
https://heartcouncil.taplink.ws

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 4

2022-08-19 17:09:17 Keling birga mömin bölaylik .
Dilafruz
446 viewsedited  14:09
Open / Comment
2022-06-24 17:25:09 Sevgi...
Ajoyib so‘z! Shirin tuyg‘u, bu so‘zni qancha tariflasak kam. Sevgini biz
yoshlikdan faqat sevgan inson yani juft misolida ko‘ramiz. Lekin sevgining bir nechta turlari mavjuddir, bular Eng avvalo ollohga bo‘lgan sevgi, ota onaga bo‘lgan sevgi, hayotga bo‘lgan sevgi va boshqalardir. Hozirda sevgidan kuygan insonlar milionlab desa adashmagan bo‘laman, qayerga qarama siqilish, yigiti tashlab ketgan yoki qizi tashlab ketgan insonlar talaygina, qo‘shiqlar ham dardlarga munosib tarizda yozilmoqda, eng kulguli joyi shundaki hali maktabda 2 baho olsa yig‘lab yuradigan bolalar ham sevgidan kuyishgan, nega shu kuygan insonlar o‘ylab ko‘rishmaydimikan uni ko‘rmasidan oldin ham yaxshashganku! Insonlar ko‘pincha o‘rganib qolishni sevgi bilan adashtirishadi. O‘rganib qolish bilan sevib qolishni unchalik katta farqi sezilmasada lekin bular boshqa boshqa narsalardir, o‘rganib qolish asosan extiros jihatidan paydo bo‘ladi, o‘pish quchoqlash va yana boshqa boshqa narsalardir. Sevish esa yo‘qotishdan qo‘rqish, doimiy ahvolini bilish, u bilan birga kelajakni reja qilish, uni hafa qilmaslikka harakat qilish, uni tabassumini har kun ko‘rishni orzu qilish demakdir... Men ijtimoiy tarmoqlarda bir video ko‘rip qoldim, unda shunday so‘zlar bor edi. "Meni qo‘limdan hamma narsa keladi, sevish, sog‘inish, kutish, agar qadrimga yetmasa unitish ham" chiroyli jumla lekin bu gapni 6-sinf o‘quvchisi aytsa juda kulguli bo‘lsa keraka, afsuski shunday!
Oramizda ona suti og‘zidan ketmay turip sevgi deya kuyib o‘zini
o‘ldirayotganlar kam emas. Nega o‘zimizni o‘ldirish shunchalik osonmi,
nega qo‘rqmaymizmi og‘riqdan, nargi dunyodagi savol javobdan, shu
yoshgacha hech kimdan kam qilmay o‘stirgan ota onamizni tashlab
ketishdan. Shuncha yil yashab eng shirin damlar kelayotgan lahzalardan.
Buni aytish oson deganlar ham bo‘lgan, to‘g‘ri bu og‘riqni aytish his
qilmaganlar uchun osondir. Lekin bu degani jufti tashlab ketsa hayot
tugadi degani emas. Bir inson ketsa ikkinchisi albatta keladi. O‘smirlik
yoshidan to uylangunga qadar yoki uylangandan keyin ham qizlar bilan
gaplashish hozirda hammamiz uchun oddiy holat! Qizlarda ham shunday
ular faqat kuyguvchi emas, ular ham tashlab ketadi, sevadi, kuyadi.... Lekin baribir taqdirga yozilgani bo‘ladi. Insonlar juda qattiq sevganlari bilan bir onda hammasini unutishi, undan bir zumda nafratlanishlari mumkun... Bu huddi aqilga sig‘masdek ko‘rinishi mumkun lekin bu haqiqat. Inson sevish kerak chunki sevgi davolovchi yagona xarajatsiz davodir... Biz doim o‘z extijoylarimizga qarab juft tanlaymiz, shunga o‘xshashini topamizu lekin vaqt o‘tip undan ajralishimiz kerakligini tushunamiz va yana qidirishni boshlaymiz! Toki nikohgacha qidiraveramiz qidiraveramiz qidiraveramiz. Oxiri turmush qurip bundan afsuslanamiz yoki baxtli bo‘lamiz! Sevgi bu aslida o‘lish kabidir. Bir inson uchun jon berishga tayyorlik, u uchun boridan kechmoqlik va eng asosiysi u uchun o‘z qoidalariga o‘zgartish kiritishdir. Bu juda qiyin! lekin buni qilmoqlik haqiqiy sevgini keltirib chiqaradi. Bizning mamlakatimizda bunga faqat ayollar majburdir deb o‘rganilib qolingan. Bu noto‘g‘ri tushuncha!!! Gender tengligi bizga noodatiy bo‘lsada bunga 70foiz bo‘lsada amal qilmoq darkor. Erkak kishi o‘z ayolini hurmat qilmog‘i unga cho‘ridek emas o‘z yarim vujudi sifatida qarashi kerak shunda ayol u bilan birga ekanligidan baxtiyor bo‘ladi va u uchun har narsaga tayyor inson sifatida shakillanadi. Mana shu haqiqiy sevgidir....

Lazizbek Lapasov
320 views14:25
Open / Comment
2022-06-23 14:34:25 Hurmatli obunachilar,

qisqa muddatli tanaffusdan so'ng HeartCouncil loyihasi yana o'z faoliyatini davom ettiradi. Agar sizda oilaviy va ishqiy munosabatlarda muammolar bo'lsa ushbu @HeartCouncilBot ga jo'nating. Agar siz hayotiy aforizmlaringizni kanalimizda post qilishini xohlasangiz ushbu @Heartcouncil_uz_quotes_bot botga yo'llang.

Hurmat bilan HeartCouncil jamoasi.
549 views11:34
Open / Comment
2022-06-23 12:57:50 Assalom Aleykum hurmatli obunachilar,

kechagi muammoni o'qigan obunachilarda, ushbu singlimiz ijrosida kuylangan qo'shiqlarni eshitishga xohish paydo bo'lganligi tabiiy. Shuni inobatga olib, muammoni yozgan singlimizdan o'zlari ijrolarida biror bir ijod na'munasini bizga jo'natishlarini iltimos qildik. Ushbu iltimosimizni rad etmay bizga kuylagan ijodlaridan na'muna jo'natganliklari uchun singlimizga tashakkur bildiramiz. Ijod na'munalarini eshitib, fikrlaringizni kommentariyada qoldirasiz degan umiddamiz va singlimizga kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz.

YUQORIDAGI 3 TA QO'SHIQNI SHU SINGLIMIZ KUYLAGAN!

Hurmat bilan HeartCouncil jamoasi.
583 viewsedited  09:57
Open / Comment
2022-06-23 11:01:27
90 views08:01
Open / Comment
2022-06-22 18:02:01 Assalom-u alaykum hammaga. Avvalambor xatolar uchun uzr so'ragan holatda o'zimdagi 1 muammo haqida og'iz ochsam.
Men(ismim sir bo‘laqolsin qiz bolaman) hozirda jahon tillari universitetida tahsil olaman va 1-kursni deyarli tugatdim. Hayotimdan nolimayman, ota onam mehribon va hozrgi kunlarda ham o‘qish va boshqa ishla bilan bandman. Menda 1 ta muammo bor... Buni tushunirish juda qiyin(yozganim rosa ko‘p bo‘p ketishi aniq) lekn nima qilishga hayronman(zinhor sevgi haqda deb o‘ylamang, umuman unaqa mavzu yoqmaydi).
Meni dadam chamasi 15 yillar oldin xonanda bo‘lganlar. Hozir ham o‘zining juda ajoyib ovozlari bor, faqat ustida ishlamaydilar, xullas, hozir shug‘ullanmaydilar. Oilada 2 ta farzandmiz men va akam. Dadamning shunaqa ovozi menga meros bo‘lib o‘tgan va men tug‘ma juda kuchli ovozga egaman.
Men qo‘ldan kelgancham o‘zimni qo‘shiq aytishdan tiyishga va qo‘ldan kelguncha kamroq kuylashga harakat qilaman lekn bu imkonsiz bo‘lib qolyapti. "Jahon tillarida o‘qidiku qo‘shiq nime kerak deyishiz mumkin" lekin agar 1 kunda kami yarim soat kuylamasam ahvolim og‘irlashadigan bo‘lib qolgan. Tushim va o‘ngimda faqatgina ko‘z oldimga keladigan yagona narsa esa katta minbarlarda zamonaviy estradaga oid qo‘shiqlarni kuylab butun dunyoga tanilish turadi. Ota-onam "har qancha yaxshi qiz bo‘lsang ham agar xonanda bo‘lsang buzuq degan noming chiqadi" degan gaplarini ko‘p bora o‘ylab nechi marta o‘zimga o‘zim "endi qo‘shiq kuylamayman va musiqa ham tinglamayman" deb vadayam berdim. 2 kun vadamda gapimda turib shu ishniyam qildim. Oxiri esa juda yomon bo‘ldi, miyam ishlashdan to‘xtab qolgan o‘ladigandek bo‘lib yotib qoldim. 1 yarim oy deganda psixolog va nevropatologlarning yordami bilan oyoqqa turdim. Keyin bu narsadan qaytdim. Abituriyentligim ham juda qiyin o‘tgan. Ingliz tilini yaxshi ko‘raman va o‘rganishni yoqtiraman. Lekin bu tilga kelajakda 1 umrga ishlaydigan kasbim sifatida qarasam mehrim sovib ketadi. Deyarli o‘qimaganman o‘sha vaqt. Lekin omad bilan kirdim. O‘qishda ham patokda(3 4 ta guruh birga qo‘shilib o‘tirishi) inglizcha turkcha qo‘shiqlarni ko‘p kuylaganman. Lekin maqtanish yoki o‘zimni ko‘rsatish niyatim bo‘lmagan shunchaki shunchalik darajadayam kuylagim keladiki boshqalarni qanaqa ko‘z bilan qarashini menga ahamiyatiyam yo‘q. Faqatgina o‘ylaganim kuylash. Kulmasam turolmayman. Ba‘zan bastalar va qanaqadir she'rlar keladi tushimga. Yozib qo‘yganman.
Xullas, xonanda bo‘lishni istayman chin yuragimdan. Bu shunchaki havas emas. Hayotimga kelgan yigitlarning hammasiga xonanda ayoling bo‘lishini xohlisanmi desam hammasini gapi bir "bu bir havas keyn o‘tib ketadi". Agar o‘tsa 18 yil ichida bu tuyg‘u to‘xtashi kerak edi. Agar havas bo‘lganda shuncha gapni yozmasdim. Dadamku mendagi qobiliyatni biladi va agar xonanda bo‘laman deb turib olsam meni majburlikdan bo‘lsada quvvatlashlari aniq, oyim ham. Lekin akaaaaam...... Men ulardan juda qo‘rqaman. Vaqti kelib men agar xonanda bo‘lsam mendan shundoq voz kechvoradila deb qo‘rqaman chunki ular juda jiddiy shunchalarki akamni ko‘rsam nafas ololmay qolaman aniq bu. Lekin hayotda men yashaymanku ular emas. Shu darajadam qo‘shiq aytishni va mani ovozim orqali butun dunyo ko‘rishini va tanishini istayman. Hozir ham hayotimda ma'no yo‘q. Bamisoli o‘likdekman. Bo‘lmasam hamma narsa joyida shunchaki qalbim buyurgan kasb egasi bo‘lishga ishonchim yo‘q va shu sababli kelajakda kim bilandir turmush qurishniyam istamayman. Shu darajada baxtli mashhur va eng zo‘r xonanda bo‘lishim uchun ishonchim so‘lganki, tasavvuram qilolmaysiz. Juda qattiq depressiyadaman. Yagona orzu xonanda bo‘lish lekn oila azolarim va qarindoshlar haqda oylasam bu orzularimdan uyalib ketaman(ODAMLA NIMA DEYDI). Ammo bu mani xohishim bilan emas.
NIMA QILAY ILTIMOS MASLAHAT BERINGLA...(xoh kulguli xoh achchiq shularni yozvotganimda men yig‘ladim)
OILAM DEB O‘ZIMNI 1 UMRGA QURBON QILISHNI TANLAYMI YOKI.....

Erinmasdan o‘qiganlarga rahmat

@HeartCouncil_Uz
408 views15:02
Open / Comment
2022-06-20 10:57:47 Hurmatli obunachilar,

qisqa muddatli tanaffusdan so'ng HeartCouncil loyihasi yana o'z faoliyatini davom ettiradi. Agar sizda oilaviy va ishqiy munosabatlarda muammolar bo'lsa ushbu @HeartCouncilBot ga jo'nating. Agar siz hayotiy aforizmlaringizni kanalimizda post qilishini xohlasangiz ushbu @Heartcouncil_uz_quotes_bot botga yo'llang. Faoliyatimizda uzulish bo'lishiga qaramasdan biz bilan birga ekanligingizdan mamnunmiz.

Hurmat bilan HeartCouncil jamoasi.
349 views07:57
Open / Comment
2022-06-19 18:00:57 Suv bering yonyapman:yonyapti dilim,
Nigohi oʻtidan tanam muzlagan.
Lek qalbim oʻtini oʻchirmas hech kas,
Koshkidi uni men boʻlsam koʻrmagan...:)

Gulsanam Abduraupova
Gulsanam Abduraupova

@heartcouncil_uz
285 views15:00
Open / Comment
2022-06-19 09:16:23 Toki sening qora ko'zlaringni ko'rmagunimcha, menga oq rang yoqar edi...

#Mood

@
Heartcouncil_uz
487 viewsedited  06:16
Open / Comment