🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Амру маруф

Logo of telegram channel hidoyatyo — Амру маруф А
Logo of telegram channel hidoyatyo — Амру маруф
Channel address: @hidoyatyo
Categories: Blogs
Language: English
Subscribers: 1
Description from channel

Yoʻl yomon-u yaxshisidan yema gʻam,
Bismillah degil-u qoʻygil qadam...
Alisher Navoiy("Xamsa"dan)
Tanqidiy postlarning maʼnaviy postlarga aloqasi yoʻq!
Admin: @chatHdayaBot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 2

2021-09-03 15:34:34 Mandat muborak!
15 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 12:34
Open / Comment
2021-09-03 10:03:44 #Bismillah

Jannatga kirishni istaysizmi?
- Ha!
- Unga kirish uchun nima qildingiz?


- Insonlar sizni hurmat qilishini istaysizmi?
- Ha!
- Insonlarga nima taqdim etdingiz?


- Paygʻambarimiz ﷺ ning shafoatiga erishishni istaysizmi?
- Ha!
- U zotga ﷺ kunda necha bora salovat aytasiz?


- Farzandingiz sizga yaxshilik qilishini istaysizmi?
- Ha!
- Unga qanday tarbiya bermoqdasiz?


- Sizga kimdir quloq solishini istaysizmi?
- Ha!
- Siz qancha odamni tinglaysiz?


- Sizni insonlar kechirishini istaysizmi?
- Ha!
- Oʻzingiz insonlarni kechirdingizmi shu onga qadar?


- Jahannamdan saqlanishni istaysizmi?
- Ha!
- Undan saqlanish uchun nima qildingiz?


- Alloh boylik berishini istaysizmi?
- Ha!
- Berganiga shukr qildingizmi?


- Uydagilar holatingizni tushunishini istaysizmi?
- Ha!
- Siz ularni tushunishga qanchali harakat qildingiz?


- Oʻlmay yashashni istagan boʻlarmidingiz?
- Ha!
- Abadiy hayot uchun nima hozirladingiz?


- Eng hurmatli boʻlishni istaysizmi?
- Ha!
- Qanchali darajada taqvo qilasiz?


- Aziz boʻlishni istaysizmi?
- Ha!
- Insonlarga qancha tavozeʼliksiz?


- Duolaringizni Alloh ijobat qilishini istaysizmi?
- Ha!
- Siz Uning buyruqlariga qanchalik javob berdingiz?


- Taqvoli solih soliha yorga uchrashishni istaysizmi?
- Ha!
- Oʻzingizning taqvoyingiz va salohiyatingiz qanday?


- Kuyovingiz sizga muhabbatli boʻlishini istaysizmi?
- Ha!
- Unga qanchalik mehr berdingiz?


- Ayolingiz eng goʻzal ayolga aylanishini istarmidingiz?
- Ha!
- Koʻzingizni nomahramlardan qanchalik tiyasiz?

Hechnimasiz hech narsaga ega chiqishni umid qilmang.

@bekvlog dan olindi
16 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 07:03
Open / Comment
2021-09-03 06:55:36 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh

Kuzning birinchi jumʼasi muborak!
17 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 03:55
Open / Comment
2021-09-02 13:44:00 Sen menga auditoriyangni koʻrsat, men senga kimligingni aytaman
@HidoyatYo'Li
90 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 10:44
Open / Comment
2021-09-02 12:57:47
bitta yaxshi, bitta yomon xabarim bor, qaysisini birinchi aytay degan rasm
26 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 09:57
Open / Comment
2021-09-02 12:14:52 Bayroqqa nisbatan standart munosabat mavjud emas. Turkiya prezidenti siyosiy uchrashuvlardan birida bayrogʻini oyoq ostidan olib choʻntagiga solib qoʻygandi. Amerikada esa bayroq ramzini paypoqlarda ham topish mumkin. Har yerda har hil dunyoqarash. Bir-ikkita odamning qilgan ishi uchun butun millatni ustidan kulayotgan chet ellik "odam"larga esa tupuraman
34 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, edited  09:14
Open / Comment
2021-09-02 12:00:00 Bir necha oy oldingi Isroil va Falastin oʻrtasidagi nizolar davrida Falastinliklar oʻrnatilgan Isroil hukumatining bayroqlarini tirmashib olib tushib, oʻrniga Falastin bayrogʻini oʻrnatishganiga guvoh boʻlgan edik. Vatanparvarlik. Bayroq oʻrnatilgan yerda oʻsha bayroq davlati hukmronligini anglash mumkin. Oʻrnatilgan bayroqni uzib olish esa hukumatga qarshilikni anglatadi. Toʻgʻri, buni hamma ham anglamaydi.

Kecha oʻzimiznikilar ham bayrogʻimizni uzib olib shaxar aylantirgan videolari tarqaldi. Yangilik emas, har yil shunday boʻlib kelyapdi. Ularning niyati hukumatga qarshi boʻlish emas, shunchaki ularning farosati bayroqni pastlatish hurmatsizlik ekaniga yetmaydi. AQShda Niagara sharsharasida, Istambulda koʻprikda, Dubayda Burj al-Halifada ramzimizni koʻrdik. Strategik sheriklarimizga #respect. Bayroqni uzib olgan tengdoshlarimizga esa hech qanday negativ bildirmayman. Ularga hech kim aytmagan, ular patriotizmning choʻqqisiga chiqqan shedevrlar. Keyingi yil albatta ular bayroq sotib olishga pul topishadi . Yoki Yangi Oʻzbekiston yiliga bir kun ixlosmandlarga bepul bayroq beradi... Bayroqni simyogʻoch koʻtargandan shedevrlar koʻtargani, ulovida aylantirgani maʼqul. Stolbaga ildirish stereotipidan voz kechsak, zarar koʻrmaymiz. Oʻzbeklar butun dunyo boʻylab topiladi. Lekin hammasida ham bayroq yoʻq. Oson yechim sifatida sotib olishsin deyish mumkin, biroq men bayroq sotadigan savdogarni hozirgacha koʻrmadim. Chet elda tajriba olish niyatim ham bor. Mustaqillik bayrami arafasida bayroq sovgʻa qilishsa, chetda ham oʻzim bilan faxrimni koʻtarib yurardim... Bu gapim markazda yashovchilarga erish tuyuladi. Sababi, markazda poligrafiya, yetkazib berish xizmatlari doim xizmatda. Bizning hududda printer topish muammo...// IMHO

@HidoyatYo'li
309 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, edited  09:00
Open / Comment
2021-09-01 22:31:16 Amallar - niyatga bogʻliqdir Abu Hanifa(Imom Aʼzam) Amal - biz qiladigan har qanday ish. Tartibimiz, gapirish usulimiz, kiyinish etikamiz, atrofdagilar bilan munosabatimiz, oʻzimizga baho berishimiz va hkz. Misol uchun kimdir yomon kunga deb pul gʻamlab qoʻyadi…
43 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 19:31
Open / Comment
2021-09-01 22:27:40 Amallar - niyatga bogʻliqdir
Abu Hanifa(Imom Aʼzam)

Amal - biz qiladigan har qanday ish. Tartibimiz, gapirish usulimiz, kiyinish etikamiz, atrofdagilar bilan munosabatimiz, oʻzimizga baho berishimiz va hkz. Misol uchun kimdir yomon kunga deb pul gʻamlab qoʻyadi - kasallik, baxtsiz hodisa kelsa nega bunday boʻlaveradi deb oʻyga botadi. Kimdir topgan-tutganimiz toʻyga yarasin deydi. Natijada umri toʻy uchun pul yigʻish bilan oʻtadi. Jamiyatning aksar vakillari esa, halol topish va halolga ishlatish nasib etsin deydi. Ular qanday yashashini hammamiz bilamiz.

ʼʼʼtushunmagan boʻlsangiz takror oʻqingʼʼʼ

P/S: yaxshi niyat-yarim davlat
@HidoyatYo'li | #tungiBlog
40 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 19:27
Open / Comment
2021-09-01 07:37:57
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллиги муборак бўлсин, азиз ватандошлар!

С 30-летием независимости Республики Узбекистан, дорогие соотечественники!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
31 viewsHidoyat Atabaev هديت الن اتكلد, 04:37
Open / Comment