Get Mystery Box with random crypto!

IELTS Writing Task 1 — jadvallar bilan tanishamiz! Ko‘p nom | IELTS Council | IELTS™

IELTS Writing Task 1 — jadvallar bilan tanishamiz!

Ko‘p nomzodlar Writing Task 1 nisbatan osonroq deb hisoblashadi. Ammo, bu topshiriqdan hamma ham "silliqqina" o‘tib keta olmaydi. Ayniqsa, jadvallar va ularning turlariga jiddiy qaramaganlar.

Writing Task 1 da asosan 7 xil jadval bo'yicha topshiriq beriladi:

Bar chart — ma‘lumotlar gorizontal va vertikal joylashgan diagramma. Bar chart IELTS imtihonida eng ko‘p uchraydigan jadvallardan hisoblanadi.

Line graph — nisbatan murakkab bo‘lgan chiziqli jadval. Bu jadvalda ma‘lumotlarni chalkashtirib yubormaslik juda muhim.

Table chart — faqat raqamlar va hisoblardan iborat tasvirsiz jadval.

Pie chart — nisbatan kam uchraydigan jadvallardan biri. Dumaloq shaklda, turli foiz ulushlari va miqdorlarni qiyoslab tahlil qilish talab etiladi.

Process diagram — unda ma‘lum bir jarayon tasvirlanadi, masalan suv oqimining yo‘nalishi, binoning isitish tizimi yoki ishlab chiqarish jarayoni.

Map — xarita tasviri ko‘rinishidagi jadval bo'lib, unda ma‘lum bir hududda muayyan vaqt ichida kuzatilgan o‘zgarishlarni tavsiflash talab qilinadi.

Multiple graphs — bittadan ortiq turdagi jadvallardan iborat bo‘ladi. Masalan, ba‘zi ma‘lumotlar "Pie chart" ko'rinishida taqdim etilsa, qolgan qismi "Table chart" shaklida ko‘rsatiladi.

Siz ushbu jadvallardan qay birida ko‘proq qiyinchilikka duch kelasiz? Bu haqida izohlarda yozib qoldiring, sizga yordam berishga harakat qilamiz!

IDP IELTS in Uzbekistan

@ielts_council_uz