Get Mystery Box with random crypto!

Siz ingliz tilidan eng mashhur IELTS testini ikki usulda - qog | IELTS Council | IELTS™

Siz ingliz tilidan eng mashhur IELTS testini ikki usulda - qog'ozda yoki kompyuterda topshirishingiz mumkin.

Ikkala versiya ham bir xil tarkibga ega. Xo'sh, farqi nimada?

Qog'oz versiyada “Listening” bo‘limidagi javoblarni answering sheet'ga ko‘chirish uchun sizda qo'shimcha 10 daqiqa bo‘ladi. Kompyuter versiyasida esa siz ularni darhol chop etib, vazifaning bir qismini tinglashingiz mumkin.

Kompyuter avtomatlashtirilganroq. “Writing” topshirig'ini yozayotganda, qancha so'z kiritilganligi ko'rinib turadi. Shu tarzda limitdan oshib ketmayapganingizni tekshirishingiz ancha qulayroq.

Bundan tashqari, elektron versiya yana bir qancha funksiyalarni taqdim etadi. Siz kerakli matnni ajratishingiz, “Listening” hamda “Reading” topshiriqlari davomida qaydlar qilishingiz mumkin.

Ammo kompyuter testi qanchalik qulay bo'lmasin, biz bilamizki, qog'ozda imtihon topshirish tajribasini hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydi.

Siz-chi, nimani tanlaysiz?
Havolani bosing va batafsil bilib oling!

British Council Uzbekistan

@ielts_council_uz