Get Mystery Box with random crypto!

Sinonim so'zlar haqida Aslida ingliz tilida haqiqatdan bir-bi | IELTS Council | IELTS™

Sinonim so'zlar haqida

Aslida ingliz tilida haqiqatdan bir-biriga sinonim bo'lgan so'zlar kam. Sinonim deganda har qanday holatda va vaziyatda ham o'rniga ishlatilishi mumkin bo'lgan so'z tushuniladi.

Imtihon topshiruvchilarning aksariyati yo'l qo'yadigan xato bu faqat maxsus hollardagina almashtirib ishlatish mumkin bo'lgan sinonim so'zlarni har qanday holatda almashtirib ishlatib ketaverish.

Masalan: "Young people" so'zi ishlatilganda 2-25 yosh oralig'idagi kishilar tushuniladi, "Children" deyilganda 2-15 yoshlilar nazarda tutiladi. Demak, doim ham bu ikki so'zni sinonim sifatida ishlatish to'g'ri bo'lavermaydi.

Misol uchun, universitet talabalari haqida gap ketganda "Young people" deb ishlatishimiz mumkin, lekin "Children" so'zi bilan almashtirib ishlatish bu vaziyatda xato sanaladi. "Guardian" so'zi ba'zida "Parents" so'zi bilan almashib ishlatiladi, lekin har qanday vaziyatda ham bu ikkala so'z bir-biriga sinonim bo'lib kela olmaydi.

P.s: Post foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz bilan ham ulashishni unutmang...

@ielts_council_uz