Get Mystery Box with random crypto!

Listeningizni yaxshilash uchun noodatiy 3 USUL: 1-usul: Eshi | IELTS Council | IELTS™

Listeningizni yaxshilash uchun noodatiy 3 USUL:

1-usul:
Eshitish qobiliyatingizni yanada yaxshilash uchun inglizcha audioni boshqa xonaga qo'ying va eshitib tushunishga harakat qiling. To'g'ri, bu ancha qiyin bo'ladi lekin boshqa xonadan eshitilayotgan inglizcha audioni tushuna olsangiz, ishoning, imtihonda qulog'ingiz ostidan eshitilayotgan audio hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi.

2-usul: Ba'zida inglizlar juda tez gapirayotgandek tuyuladi. Demak, siz ham shu tezlikka yoki bundanam yuqoriroq tezlikda eshitib tushunishga moslashishingiz kerak. Buning uchun audioni tezligini biroz ko'tarib eshitishga odatlaning, telegramni o'zida ham youtubeda ham bunday funksiya mavjud. Odatdagidan tez gapirilgan audioni eshitib tushunsangiz, imtihondagi audio sizga toshbaqadek tuyuladi va javoblarni hech birini o'tkazib yubormaysiz.

3-usul: Ba'zida savolga javobni yozayotganingizda e'tiboringiz yozishga qaratilib keyingi savolni o'tkazib yuborishingiz rost gap. Demak, focusni ikki tomonga ham birdek qaratish uchun audio eshitayotganda boshqa biror narsani konspekt qilib turib, audiodan ham e'tiborni qochirmaslikka harakat qiling. Keyinchalik sinxron ishlashga ya'ni javoblarni yozayotganda keyingi savollarni o'tkazib yubormaslikka o'rganasiz.

P.s: To'g'ri, boshida juda qiyin bo'ladi. Lekin, unutmang mashg'ulotda qancha qiyin bo'lsa, jangda shunchalik oson bo'ladi...

@ielts_council_uz