Get Mystery Box with random crypto!

IELTSdan yuqori ball olmoqchimisiz, unda IELTSga tayyorlanishn | IELTS Council | IELTS™

IELTSdan yuqori ball olmoqchimisiz, unda IELTSga tayyorlanishni to'xtating

Biroz g'alati eshitilishi mumkin, lekin IELTSdan yuqori ball olmoqchi bo'lsangiz IELTSga tayyorlanishni to'xtating, Ya'ni qaysi ma'noda. Faqat practice test ishlayverishni va kitob nomida faqat IELTS so'zi qatnashgan kitoblarnigina o'qishni bas qiling.

Ingliz tili IELTSdan iborat emas. IELTS bu sizning ingliz tili ko'nikmangizni baholab beradigan imtihon holos. Shunday ekan siz IELTSni emas ingliz tilini o'qing. General englishdagi bilimlaringizni oshiring. Siz o'qiyotgan kitob IELTSga ta'luqli bo'lishi shart emas. Shunchaki ingliz tilida bo'lsa va u til ko'nikmangizni qaysi darajada bo'lsa ham ko'tarishga yordam berolsa shuni o'zi yetarli.

Tinimsiz Reading testlar ishlashni to'xtatib o'rniga inglizcha asar yoki o'zingizni qiziqtirgan mavzuda kitob o'qing. Listening testlar ishlashni ham to'xtatib shunchaki inglizcha biror nima tinglang. Agar o'zingiz o'qigan va eshitgan narsalaringizni tushuna olsangiz shuni o'zi bilimku. IELTS ham aynan shu narsani baholaydiku. Shunday ekan nega faqat IELTS o'qish kerak.

P.s: Postni IELTSAHOLIC tanishlaringizga yuborib qo'ying..

@ielts_council_uz