Get Mystery Box with random crypto!

Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga! Chet tili o‘qituvchil | IELTS Council | IELTS™

Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga!

Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlarining yozma qismidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 2022-yil 11-fevraldan 17-fevralga qadar kunlari Respublikamizning barcha hududlarida onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 15 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Imtihonga kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@ielts_council_uz